O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 13 yoshli qizga pul evaziga erkak bilan jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan er-xotinning ishi bo‘yicha chiqarilgan sud qarorining qonuniyligini o‘rganib chiqdi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatida erkak 13 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilmoqchi bo‘lib, buning uchun avval 50 ming so‘m, keyin 100 ming so‘m taklif qilgan. O‘smir qizni uning yoniga xotini olib kelgan. Er-xotin shahvoniy shilqimlik qilish bo‘yicha ma’muriy modda bo‘yicha sud qilingan. Er besh sutkaga qamalgan, xotini esa 750 ming jarimaga tortilgandi.

Bosh prokuratura Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari ustidan protest kiritdi, deyiladi xabarda.

Avvalroq zo‘ravonlikka qarshi loyihada Nemolchi.uz voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilishga urinish, shu jumladan, pul evaziga jinsiy aloqa qilish faqat Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinishini ma’lum qilgan edi. “14 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan har qanday jinsiy aloqa qilish o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lib, darhol Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi „Nomusga tegish“ bilan ko‘rib chiqiladi. Bolani unga majburlashgani, zo‘ravonlik qo‘llanilgani yoki qo‘llanilmagani muhim emas”, — deyiladi loyihada.