2024-yil davomida O‘zbekistonga qiymati 224,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 24 095 ta elektromobil olib kirildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Eng ko‘p elektromobillar quyidagi davlatlardan import qilingan:

  • Xitoy — 23 982 ta
  • Qozog‘iston — 51 ta
  • Gonkong — 17 ta
  • Germaniya — 15 ta
  • BAA — 13 ta
  • AQSh — 10 ta.

2023-yilda yanvar-oktabr oylarida 22 490 ta elektromobil import qilingandi. 2022-yilda 2180 dona, 2021-yilda esa 809 dona elektromobil olib kelingan.

Avvalroq Hukumat 1-maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini oshirishni tasdiqlagandi. U mashina ishlab chiqarilgan yilga qarab 45 mln so‘mdan 78,5 mln so‘mgacha bo‘ladi.

Elektromobillarni import qilishda aksiz va bojxona to‘lovlari, shuningdek, avtomobil yig‘imlari undirilmaydi. Elektr yoki gibrid transport vositalarida yo‘lovchi tashuvchi taksi haydovchilari 2030-yilgacha litsenziya to‘lovidan ozod qilingan. Quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatgan tadbirkorlarga ham yil boshidan buyon imtiyozlar berilgan.