“Bozor ko‘rmagan yigit” filmidagi roli orqali mashhurlikka erishgan aktyor Husan Musaboyev 8-fevral kuni 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi ma’lum qildi.
Husan Qosimovich Musaboyev 1954-yilning 10-iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1976-yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti “Kino va teatr aktyori” yo‘nalishini tamomlagan. Ish faoliyatini 1971-yil O‘zbekiston teleradiokompaniyasida rejissyor yordamchisi sifatida boshlagan.
Husan Musaboyev “Televizion miniatyuralar teatri”dagi komedik rollari bilan tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan. Shuningdek, u “Bozor ko‘rmagan yigit”, “Ajoyib xayolparast”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Sumalak kasting yoxud uchmagan varrak”, “Zuhraxonning sinfi”, “Kunlardan bir kun”, “Er bermoq — jon bermoq”, “O‘g‘rigina kelin”, “Men — bu men”, “Chol va nabira”, “Anora”, “Abdullajon”, “Qitmir kampir”, “Voydod — 2”, “Tosh tabib”, “Hayot mamot”, “Ana xolos”, “Dadam bilmasin”, “Qora tanli bojalar”, “Bebahoginam”, “Begona bahor”, “Kelgindi kelin”, “Super xizmatkor”, “Jiblajibon” singari serial va filmlardagi o‘ziga xos rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.
Aktyor “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.