Onix turar joy majmuasidagi 2 sotixli kottejlar to‘liq sotilishi munosabati bilan 1,6 sotixli kottejlarning birinchi beshta xaridori nafaqat shinam uy, balki Hofmann’dan maishiy texnika to‘plami va 50 million so‘mga ega bo‘ladi.
Buning uchun 10% boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish kifoya. Qolgan to‘lovni 15 yilga 15%lik imtiyozli ipoteka xizmati asosida rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Onix bo‘lajak kottej sohiblariga maksimal qulaylik yaratishni maqsad qilgan. Shubhasiz, bu orzudagi xonadonni hech ikkilanmay xarid qilish uchun qulay imkoniyat.
Onix turar joy majmuasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan. Majmua maydoni 3 gektar bo‘lib, tayyor kadastrga ega 114 ta, 1,6 sotixdan 2 sotixgacha bo‘lgan kottejlarni o‘z ichiga oladi.
Kottejlar optimal loyihalashtirilgan va oila bilan farovon hayot kechirish uchun qulayliklarni o‘zida mujassam qilgan. Xususan, kadastrga ega va rivojlangan infratuzilmada joylashgan.
Har bir xonadon ikki pallali isitish qozoni, radiatorlar, kuchaytiruvchi aylanma nasos va Engelberg oyna romlari kabi zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yechimlari bilan ta’minlangan.
Qurilish jarayonida iqlim saqlovchi va ovoz qaytaruvchi xususiyatga ega bo‘lgan yengil bo‘shliqli qizil g‘isht ishlatilgan. Ushbu qurilish materiali nafaqat mustahkam, balki xonadonda qulay yashash sharoitlarini yaratishga ham xizmat qiladi.
Orzudagi kottejlarni foydali takliflar asosida xarid qilishga shoshilish lozim. Aksiya 1,6 sotixli kottej xarid qilgan dastlabki 5 nafar mijoz uchun amal qiladi.
Telefon: (+998) 55-512-22-20.
Manzil: Mirobod t-ni, Eski Otchopar ko‘chasi, 58B.
Reklama huquqlari asosida.