Yanvar oyida aholining kelasi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari dekabrga nisbatan o‘zgarishsiz — 14,4 foiz darajasida shakllandi. Bu haqda Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarida aytiladi.

Infografika: Markaziy bankInfografika: Markaziy bank

14,4 foizlik inflyatsion kutilma 2023-yilning avgust oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan pasayib (-1 foiz), 12,9 foizni tashkil etdi.

inflyatsion kutilmalar, марказий bank

Yanvar oyida so‘rovnoma ishtirokchilarining 57 foizi (o‘tgan oyga nisbatan +1 foiz) kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omil sifatida kommunal xizmatlar narxining o‘sishini qayd etdi. O‘tgan oyda aholini eng ko‘p tashvishlantirayotgan omil yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi bo‘lib turgandi. Dekabrda so‘rovnoma ishtirokchilarining 57 foizi shu omilni birinchi o‘rinda ko‘rsatgan bo‘lsa, yanvarda bunday ishtirokchilar ulushi 50 foizgacha pasaygan (-7 foiz).

inflyatsion kutilmalar, марказий bank

Shuningdek, oy davomida valyuta kursi o‘zgarishi narxlarga oshiruvchi ta’sir o‘tkazishini qayd etgan respondentlar ulushi ham sezilarli kamaygan (-9 foiz). Transport xarajatlarining oshishi va narxlarning sun’iy oshirilishini qayd etgan respondentlar ulushida ham kamayish qayd etilgan.

Biznesning kutilmalarida ham kommunal xizmatlar narxining oshishi asosiy omil bo‘lib turibdi. Bu omilni birinchi o‘rinda qayd etgan so‘rovnoma ishtirokchilari ulushi o‘tgan oyga nisbatan ko‘paydi (dekabrda 52 foiz, yanvarda 54 foiz).

inflyatsion kutilmalar, марказий bank

Aholi orasida narxlar oshishi bo‘yicha eng pessimistik kutilmalar savdo sohasi vakillarida bo‘lib turibdi — ular inflyatsiya kelgusi bir yilda 15,5 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilmoqda. Eng optimistik kutilmalar esa qishloq xo‘jaligi sohasi vakillarida — 13,1 foiz.

Tadbirkorlar ichida yuqori inflyatsion kutilmalar ta’lim sohasi vakillari tomonidan qayd etilgan bo‘lsa (14,8 foiz), nisbatan past kutilmalar axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari bilan bog‘liq tadbirkorlar tomonidan belgilangan (11,2 foiz).

inflyatsion kutilmalar, марказий bank

Aholining inflyatsion kutilmalari Toshkent viloyatida nisbatan yuqori (15,7 foiz), Jizzax viloyatida nisbatan past bo‘lib turibdi (12,5 foiz).

Tadbirkorlik subyektlarining yuqori inflyatsion kutilmalari Toshkent shahrida (16,2 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past kutilmalar Surxondaryo viloyatida qayd etildi (10,8 foiz).

inflyatsion kutilmalar, марказий bank

Daromadlari 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari nisbatan yuqori darajada shakllandi.

inflyatsion kutilmalar, марказий bank