Mobiuz mobil operatori abonentlarga mehr-e’tibor va yaxshilikka ishonch berishda davom etmoqda. Bu borada MobiDRIVE aksiyasi kompaniya va abonentlar o‘rtasida samimiy munosabatlarni o‘rnatishda muhim qadam bo‘ldi. U abonentlarning yuqori faolligini namoyish etdi va mijozlar ishonchi Mobiuz rivojlanishining asosiy omili ekanini tasdiqladi.

Kompaniyaning 10 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan aksiya doirasida uchta zamonaviy BYD Song Plus Champion avtomobili o‘ynaldi. Dastlabki ikkita avtomobil g‘olibalari Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi Mobiuz abonentlari bo‘ldi.

Joriy yilning 14-yanvar kuni jonli efirda uchinchi BYD o‘yini o‘tkazildi va unda surxondaryolik Munisa Xaitmurodova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Unga avtomobilni rasmiylashtirish jarayoni imkon qadar tezlashtirildi hamda bir oydan kamroq vaqt ichida unga yangi avtomobil kalitlari topshirildi.

Sovrinni rasmiy topshirish marosimi Termiz shahridagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompaniya va jamoatchilik vakillari, g‘olibaning yaqinlari ishtirok etdi.

Kompaniyaning mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Saidavzal Subxonqulov bunday aksiyalarni o‘tkazish abonentlarning sodiqligini oshirishda muhim qadam ekanini ta’kidladi. G‘oliblarning misolida har bir ishtirokchining ortida orzu-niyatlar, umidlar va intilishlar borligini ko‘rish mumkin.

mobiuz, реклама

Munisa Xaitmurodova Mobiuz mobil operatori abonentiga aylanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Biroq aynan kompaniyaga bo‘lgan ishonch va abonentga aylanish qarori unga omad keltirdi.

G‘oliba berilgan imkoniyat uchun kompaniyaga chin yurakdan minnatdorlik bildirdi. U avtomobil oilasi uchun nafaqat kundalik ishlarda ishonchli ko‘makchi bo‘lishini, balki yangi istiqbollar manbai ham bo‘lishini ta’kidladi. Tadbir davomida u avtomobilni otasiga sovg‘a qildi.

Tadbir doirasida g‘olibaning omadli raqamini ulagan Mobiuz dileri – Aloqa xususiy korxonasining rahbari va operatori ham taqdirlandi.

mobiuz, реклама

G‘oliba bilan batafsil suhbat Mobiuz’ning yangiliklar Telegram kanalida e’lon qilinadi.

Navbatdagi aksiyani yakunlar ekan, Mobiuz barcha ishtirokchilarga ishonchi va faol ishtiroki uchun o‘z minnatdorligini bildiradi. Kompaniya kelajakda ham o‘z tashabbuslari bilan odamlar hayotida haqiqiy o‘zgarishlarga sababchi bo‘lishiga ishonchi komil. Xususan, aynan bugun, 10-fevraldan boshlab, pul sovrinlarini yutib olish imkoniyatini beruvchi aksiya start oladi.

Kompaniya rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi yangiliklarni kuzatib borish mumkin – oldinda yana ko‘plab qiziqarli loyihalar va navbatdagi baxtli g‘olib bo‘lish imkoniyatlari kutmoqda.

Reklama huquqlari asosida.