Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, fotorassom Abdug‘ani Jumaning “Yurakka ko‘milar asl shoirlar” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada 70 ga yaqin fotosurat namoyishga qo‘yilgan.

Fotoko‘rgazma shoirning o‘smirlik va yoshlik yillaridan hikoya qiluvchi tarixiy fotosuratlardan boshlanadi — ushbu fotomateriallarni Muhammad Yusufning oilasi va yaqinlari taqdim etgan.

Zalning asosiy qismida esa xalq shoirining fotosuratchi Abdug‘ani Juma tomonidan olingan ijodiy faoliyati aks etgan suratlarni ko‘rish mumkin. Ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya rahbari Akmal Nur so‘zga chiqib, Muhammad Yusuf bilan bog‘liq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi:

“Bir paytlar O‘zbekiston rassomlar uyushmasining ko‘rgazma zaliga borsam, u yerda Muhammad akani ko‘rib qoldim. “O‘zimning besh, oltita kitobimni shu yerga qo‘yib, sotsam, degan niyatda kelgandim”, deb yurgan ekan. Men u davrda uyushma raisi emasdim, ularga hech qanday yordam berolmasdim. Shunchalik Vatanini sevgan, Vatan uchun jonini berishga ham tayyor bo‘lgan ijodkorni vaqtida qadrlamadik.

Ming afsuski, bu hozirgacha davom etib kelmoqda. Muhammad Yusuf vafotidan so‘ng uning xonadoni bo‘lgan ko‘p qavatli uyga xotira lavhasi o‘rnatish topshirig‘i berildi. Ammo shoir hayotligida unga qarab ishlangan biror yaroqli asarni topolmadik. Yaxshiyamki, Muhammad akaning yonlarida Abdug‘ani akadek fotograf yurib, u bilan bog‘liq lahzalarni o‘z vaqtida tarixga muhrlab qo‘yishga ulgurgan ekan.

Biz Abdug‘ani akaning asarlaridan foydalangan holda, xotira lavhasi tayyorlagandik. Bugungi ko‘rgazmaga qo‘yilgan fotosuratlarning aksariyatini o‘zim ham birinchi marta ko‘rib turibman. Bu xizmatlari uchun Abdug‘ani akaga minnatdorchilik bildiramiz".

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbari Akmal Nur va fotograf Abdug‘ani JumaO‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbari Akmal Nur va fotograf Abdug‘ani Juma

Ma’lumot uchun, tadbir davomida fotograf Abdug‘ani Juma O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi.

Muhammad Yusufning rafiqasi Nazira as-Salomning so‘zlariga ko‘ra, shoir suratga tushishni ko‘p ham yoqtirmagan.

Muhammad Yusufning rafiqasi Nazira As-Salom, qizlari va xonanda Anvar G‘aniyevMuhammad Yusufning rafiqasi Nazira As-Salom, qizlari va xonanda Anvar G‘aniyev

“Lekin Abdug‘ani aka bilan ikkisi o‘rtasida ruhiy yaqinlik bo‘lgani sabablimi, u kishini ijodkor sifatida ham, inson sifatida ham hurmat qilardi va suratlarini yoqtirardi. Turmush o‘rtog‘imning vafotidan keyin ularning adabiy merosini to‘plash jarayonida Muhammad akani eng ko‘p suratga olgan fotograf Abdug‘ani aka ekanini bilib, hayron qoldim. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan fotosuratlarning ayrimlarini avval o‘zim ham ko‘rmagandim, ular men uchun yangilik bo‘ldi, juda xayajonlandim”, — dedi Nazira as-Salom.

abdug‘ani juma, badiiy akademiya, ko‘rgazma, muhammad yusuf, toshkent fotosuratlar uyi

Fotoko‘rgazma 12-fevral kuni yopiladi.