Yanvar oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan sezilgan inflyatsiya darajasi bo‘yicha so‘rovnoma natijalarida aytilgan.

Infografika: Markaziy bankInfografika: Markaziy bank

Eslatib o‘tamiz, 14,7 foizlik sezilgan inflyatsiya darajasi 2023-fevralidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Hududlar kesimida o‘tgan oyda eng yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 16,8 foiz. Shuningdek, ko‘rsatkich Toshkent viloyati (16,5 foiz) va Toshkent shahrida (16 foiz) ham yuqori bo‘lib turibdi. Eng past sezilgan inflyatsiya darajasi Navoiy viloyatida qayd etilgan — 12,6 foiz.

Oy davomida narxlari eng ko‘p o‘sish sezilgan tovarlar go‘sht va tabiiy sut, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘ldi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 41 foizi bu tovarlar narxida keskin o‘sish sezilganini qayd etgan.

”gaz,

Meva va sabzavotlar narxi oshganini qayd etgan respondentlar ulushi dekabrga nisbatan 5 foizga ko‘payib, 38 foizni tashkil etdi. Shuningdek, oy davomida tuxum narxi oshganini qayd etgan so‘rovnoma ishtirokchilari ulushida keskin kamayish kuzatildi.

Daromadsiz hamda daromadlari 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining sezilgan inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori shakllandi. Aholi tomonidan yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi davlat tashkiloti va tibbiyot sohalari vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflyatsiya darajasi maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

”gaz,

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida O‘zbekistonda rasmiy inflyatsiya 0,72 foizni tashkil etdi, bu 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan yuqori hisoblanadi. Yillik inflyatsiya (o‘tgan yilning yanvariga nisbatan) 9,89 foizgacha tezlashdi (dekabrda 9,8 foiz edi).

Oxirgi bir oyda tuxum narxi keskin — 14,3 foizga (-22,4 foizga) pasaydi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oyda avtomobillar uchun yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan gaz narxida pasayish kuzatilgan. Propan narxi 13,2 foizga pasaygan (yillik hisobda 8,3 foizga oshgan). Metan narxi esa 0,1 foizga arzonlagan (yil davomida 20,9 foizga oshgan). Benzin narxi bir oy ichida 1,5 foizga (yillik hisobda 3,9 foizga) oshdi.

Eng yuqori yillik inflyatsiya gaz (2,3 baravar o‘sish) va elektr energiyasi (1,7 baravar o‘sish) bilan ta’minlash xizmatlarida bo‘lib qolmoqda. 2024-yilning may oyidan O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlar miqdori oshirilgandi (2019-yil avgustidan buyon ilk marta). Shuningdek, energoresurslar iste’moli bo‘yicha ijtimoiy norma joriy etilgandi. 2025-yil 1-apreldan tariflar yana oshishi rejalashtirilgan.