Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari 5−7-fevral kunlari “Qoradori” keng ko‘lamli operatsiyasining ikkinchi bosqichini o‘tkazdi, deb xabar berdi DXX matbuot xizmati.

640 ta tadbir doirasida 28,8 kg giyohvand modda (geroin, opiy, gashish, sintetik moddalar) va 9421 dona kuchli ta’sir etuvchi hamda psixotrop dori vositalarining sotilishiga chek qo‘yildi. 18 dona noqonuniy o‘qotar qurol va 126 ta sovuq qurol aniqlandi.

cораdori, giyohvand moddalar, ички ishlar vazirligi, tezkor фаолият

339 nafar shaxsga nisbatan 269 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 119 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qidiruvda bo‘lgan 53 nafar shaxs ushlandi, 656 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 1 kg sintetik giyohvand modda yashirib qo‘yilgani haqida Telegram orqali ma’lumot olindi. Natijada ushbu giyohvand moddani olish paytida ikki nafar gumonlanuvchi (1986 va 2002-yillarda tug‘ilgan) qo‘lga olindi.

Ulardan birining poytaxtning Mirobod tumanidagi uyida o‘tkazilgan tintuv chog‘ida yana 200 gramm sintetik giyohvand modda, elektron tarozi, izolenta va “zakladka”lar tayyorlash uchun qadoqlash paketlari topildi.

cораdori, giyohvand moddalar, ички ishlar vazirligi, tezkor фаолият

Eslatib o‘tamiz, 3−4-fevral kunlari “Qoradori” operatsiyasining birinchi bosqichi o‘tkazilgandi. O‘shanda DXX va IIV ikki kun ichida 228 kishini qo‘lga olib, 112 kg dan ortiq giyohvand moddani musodara qilgan. Shuningdek, 175 ta pichoq, 58 ta bita, 24 ta kastet va 77 ta o‘qotar qurol ham musodara qilingan.

Yana bir maxsus operatsiya davomida ikki ayolni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Istanbulga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan Turkiya fuqarosi (1986-yilda tug‘ilgan) va ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1980-yilda tug‘ilgan erkak qo‘lga olindi. U 1987-yilda tug‘ilgan fuqaroga tahdid qilib, uning yuziga bir necha marta urgan, so‘ngra qo‘l telefonini olib, voqea joyidan qochgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, uning 1978-yilda tug‘ilgan tanishi ham qo‘lga olindi. Uning uyida “Makarov” to‘pponchasi borligi haqida ma’lumot kelib tushgan. 1980-yilda ishlab chiqarilgan qurol haqiqatan ham topildi va ikkita o‘qdon hamda 15 ta jangovar patron bilan birga olib qo‘yildi.

cораdori, giyohvand moddalar, ички ishlar vazirligi, tezkor фаолият

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar “Oriyat” tadbirini ham o‘tkazib, saunalar, spa-salonlar, massaj xonalari, karaoke-barlar, mehmonxonalar, xostellar va tungi klublarni “axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar”ni aniqlash, shuningdek, OIV va boshqa yuqumli hamda teri-tanosil kasalliklarining tarqalishini oldini olish maqsadida tekshirdi.

cораdori, giyohvand moddalar, ички ishlar vazirligi, tezkor фаолият

“Tadbirlar doirasida 340 ta obyekt tekshirilib, aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan 2957 nafar shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borildi va mobil tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli tibbiy xulosalar olindi”, deyiladi xabarda.

Aniqlangan holatlar yuzasidan 93 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 94 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. 153 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 1920 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.