Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 17 yoshli qiz o‘zini yuqori qavatdan tashlab halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
Qayd etilishicha, holat 7-fevral kuni soat 09:35 atrofida sodir bo‘lgan. Shaharning Naqshab mahallasida yashagan Sh. Z. Navo mahallasidagi 16 qavatli uyning tom qismidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgan.
Milliy telekanalida xabar berilishicha, hodisani ko‘rgan fuqarolar qizni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq qiz ularning gaplariga quloq solmagan. Marhuma shahardagi 12-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.
Hozirda hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.