Polkovnik Farxod Fattaxovich Xasanov Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumot poytaxt IIBB saytiga joylashtirilgan.

U 2020-yil sentabr oyidan buyon Qo‘qon shahri ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi (IIO FMB) boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bungacha rahbarning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan Doniyor Tashxodjayev o‘tgan yilning noyabrida vazifasidan ozod etilgandi.