Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda 11-fevral kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, seshanba kuni soat 15:20 da Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan bino yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 15:28 da yetib borib, yong‘in soat 15:45 da qurshab olgan va 16:05 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.