Navoiy issiqlik elektr stansiyasi energiya narxini oshirib sotish orqali 4,5 milliard so‘m asossiz foyda olgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi ma’lum qildi.
Tashkilot hududiy boshqarmacining maxsus komissiyasi Navoiy IESga nisbatan ish qo‘zg‘atdi va ortiqcha olingan mablag‘ni qaytarish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berdi.
Shuningdek, unga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgani uchun moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot maxsus komissiya qarori va ko‘rsatmasi ijrosini vaqtida ta’minlamagani uchun iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritildi va sudning hal qiluv qarori bilan da’vo talabi qanoatlantirildi.
Natijada asossiz olingan mablag‘lar elektr energiyasi qimmat narxda sotilgan “Issiqlik manbai” DUKga qaytarildi.