O‘zbekiston Milliy banki — mamlakatdagi eng yirik moliya muassasalaridan biri, u mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy ravishda oshirib kelmoqda. Xizmatlarning qulayligi va ommabopligini ta’minlash maqsadida bank yangi ish jadvalini joriy etdi – endi O‘zbekiston bo‘ylab bir qator bo‘limlar dam olish kunlari ham soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.
Bu ish kunlari bankka tashrif buyurishga ulgurmaydigan mijozlar uchun qulay yechimdir. Bank bo‘limlarining dam olish kunlarida ham ishlashi mijozlarga moliyaviy masalalarni o‘zlariga qulay vaqtda hal qilish imkonini beradi.
Dam olish kunlari bankda quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin:
- valyuta ayirboshlash;
- Munis tizimi orqali kommunal to‘lovlarni amalga oshirish;
- plastik kartalardan naqd pul yechish va to‘ldirib berish;
- xalqaro pul o‘tkazmalari – kelgan mablag‘larni yechib olish va mablag‘ yuborish;
- chiqarilgan plastik kartalarni tarqatish;
- yuridik mijozlar uchun milliy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish.
Milliy mobil ilovasi orqali amalga oshiriladigan amaliyotlar:
- ilovani o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
- push-xabarnomalarni yoqish (SMS / Telegram boti o‘rniga);
- onlayn omonat ochish va boshqarish;
- onlayn mikroqarz olish uchun ariza yuborish;
- pul o‘tkazmalari (kartadan kartaga, banklararo va xalqaro o‘tkazmalar) va barcha to‘lovlarni amalga oshirish;
- PIN-kodni o‘rnatish va almashtirish;
- kartani bloklash va blokdan chiqarish, tranzaksiyalarga cheklov qo‘yish (naqd pul olish, onlayn xaridlar va boshqalar).
Bank 24/7 rejimida quyidagi xizmatlarni onlayn ko‘rsatadi:
- xususiy mijozlar uchun (Milliy ilovasi orqali);
- yuridik shaxslar uchun (iBank orqali).
“O‘zbekiston Milliy banki — doimo siz bilan birga”.
Ofislarning manzillari va ish tartibi bilan havola orqali tanishish mumkin.
Telefonlar: 1344, (+998) 78-148-00-10.
Reklama huquqlari asosida.