Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘tkazilayotgan amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi. Jamoa musobaqa finaliga yo‘l oldi, deb xabar berdi Milliy paralimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston ilk turda Indoneziyani 8:1, ikkinchi turda Nepalni 13:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi turda futbolchilar mezbon Bangladeshga qarshi maydonga chiqdi va javobsiz uch to‘p kiritdi — 3:0.
11-fevral kuni O‘zbekiston guruh bosqichining so‘nggi turida Iroqni ham 3:0 hisobida yutdi va bu orqali 100 foizlik natijani qayd etdi.
Terma jamoa 12-fevral kuni Osiyo chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida Indoneziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.