Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘tkazilayotgan amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi. Ular finalda Indoneziya terma jamoasi ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Musobaqaning dastlabki bosqichi liga tarzida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va yana 4 ta — Bangladesh, Indoneziya, Iroq va Nepal terma jamoalari kuch sinashdi. O‘zbekiston liga bosqichida 100 foizlik natija ko‘satib 1-o‘rinni oldi.

amputantlar, осиё chempionати, футбол

Jamoa ilk turda Indoneziyani 8:1, ikkinchi turda Nepalni 13:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi turda futbolchilar mezbon Bangladeshga qarshi maydonga chiqdi va javobsiz uch to‘p kiritdi — 3:0. 11-fevral kuni O‘zbekiston guruh bosqichining so‘nggi turida Iroqni ham 3:0 hisobida yutdi.

Terma jamoa turnir davomida mag‘lubiyatga uchramadi, 5 ta o‘yinda 33 ta gol urib, atigi 1 ta gol o‘tkazib yubordi.

Turnirning 3-o‘rni Iroqqa nasib qildi.

amputantlar, осиё chempionати, футбол