Siyosat

dayjest

Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha ayblanuvchilar 23 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi

Harbiy sud Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar ayblanuvchiga hukm o‘qidi. Unga ko‘ra, Shuhrat Rasulovga 23 yil, Javlon Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Tashxodjayevga 7 yilga qamaldi.


Iqtisodiyot

dayjest

MB 10 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank qoidabuzarliklari uchun 10 ta bankni jarimaga tortdi. Shuningdek, ko‘rsatma va talablarga rioya qilmagan 1 ta to‘lov tizimi operatori chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.


dayjest

O‘zbekistonda mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda mikromoliya banki instituti joriy etiladi. Qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga, mikromoliya banklarini esa tijorat banklariga aylanishiga asos yaratildi.


dayjest

Yanvarda O‘zbekistonda foydalanilgan avtomobillar narxi pasayishda davom etdi

MHTI sharhiga ko‘ra, yanvar oyida foydalanilgan avtomobillar va elektromobillar narxi pasayishda davom etdi. Mashhur budjetli modellar ham, eng qimmat avtomobillar ham arzonladi. Kam kilometrli Equinox va Malibu narxlari oshdi.


Jamiyat

dayjest

Samarqandda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darildi, bir kishi vafot etdi

Jomboy tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi. Holat avtobus haydovchisining tezlikni me’yoridan oshirgani va tormozni keskin bosgani sabab sodir bo‘lgan. YTH oqibatda bir kishi shifoxonada vafot etdi.


dayjest

Umra va Hajga boruvchilarning meningitga emlanish zarurati bekor qilinmagan — Sanepidqo‘mita

Tarmoqlarda Umra va Haj ziyoratiga boradiganlar uchun meningitga qarshi emlanish talabi bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Sanepidqo‘mita bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va emlanish talabi hanuz amalda ekanini ma’lum qildi.


dayjest

“Besh oy ichida o‘zimdan o‘tgani faqat o‘zimga, oilamga va eng yaqinlarimga ayon” — Komil Allamjonov

Komil Allamjonov unga suiqasd qilishda ishtirok etganlar qamalganidan so‘ng voqea haqida post qoldirdi. “O‘tgan 5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani faqat o‘zimga, oilamga, eng yaqinlarimga ayon. Haqiqat egilganda egilib, bukilganda ham 2 bukilib baribir sinmadi, u baribir yuzaga chiqdi. Yuzaga chiqadi ham”, deya yozdi u.


dayjest

Jurnalist Anora Sodiqova bloger Mirsaid Haydarovni sudga berdi

Jurnalist Anora Sodiqova Mufasa taxallusi bilan faoliyat yurituvchi bloger Mirsaid Haydarovni sudga berdi. U bloger tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi turli anonim kanallarda o‘z sha’ni, qadr-qimmati kamsitilgani va tuhmatga uchragani haqida shikoyat kiritgan. Sud majlisi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


dayjest

Buxoroda issiqxona 3,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Bosh prokuratura reyd tadbirida Buxoro viloyati Kogon tumanidagi issiqxona egasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. 3,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Toshkent viloyatida erkak 28 yoshli xotinini o‘ldirishda gumonlanib ushlandi

Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirilgani aytilmoqda. Erkak oilaviy janjaldan so‘ng ota uyiga kelgan xotinini zo‘rlik ishlatib mashinada olib qochib ketgan. Shundan so‘ng ayolning jasadi Olmaliq shahri hududidan topilgan. Marhumaning himoya orderi bo‘lgan.


dayjest

1-apreldan kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi

Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-apreldan kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi. Unga ko‘ra, texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan oilalarga uy-joyini tiklash uchun yordam ko‘rsatiladi.


dayjest

Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxs talabi bilan ajratishda muhlat tayinlamanmasligi kutilmoqda

Sud nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda oilaviy zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi kutilmoqda. Ushbu moddani nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senat qo‘mitasida muhokama qilindi.


dayjest

Jizzaxda 19 tup daraxt kesib tashlagan fuqaro tabiatga salkam 436 mln so‘m zarar yetkazdi

Zarbdor tumanidagi qabristonda fuqaro 19 tup daraxtni noqonuniy ravishda kesib tashlab, o‘simlik dunyosiga 435 mln 750 ming so‘m zarar yetkazdi. Navoiyda esa 4 tup daraxt kesgan shaxsdan 52,5 mln so‘m undirildi.


dayjest

Mahalla raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi

O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi. Qonun amalga kiritilgunga qadar saylangan raislar vakolati 3 yillik muddat bo‘yicha amal qiladi.


dayjest

Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlar jalb etiladi

O‘zbekistonda o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibi belgilandi. Endi tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etiladi. Unga qiziqishi bo‘lgan 7−11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.


dayjest

Namanganda Gentra yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib qochib ketdi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi. YHXB barcha qora Gentra’larni tekshirmoqda

Namangan shahrida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 67 yoshli fuqaroni urib yubordi va qochib ketdi. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. YHXB haydovchini topish maqsadida hududdagi qora rangli Gentra’larni bir yerga to‘plab, tekshirmoqda.


dayjest

Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi oshiriladi

Hukumat qarori bilan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjat bilan 3−7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.


dayjest

Xalqaro moliya institutlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi

Prezident qarori bilan 2025-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Ularga erishishni ta’minlash uchun favqulodda shtab tuziladi.


dayjest

Termizdagi xalqaro transport-logistika xabi BMT Global ta’minot tarmog‘iga qo‘shildi

Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabi BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Global ta’minot tarmog‘iga qo‘shildi. U dunyodagi shunday omborlarning sakkizinchisi bo‘ldi. Har yili tarmoq inqirozlarga javob berish uchun 500 mln dollardan ortiq gumanitar yordam ko‘rsatadi.


Sport

dayjest

O‘zbekiston amputant futbolchilari Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Bangladeshda bo‘lib o‘tayotgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida barcha to‘rt uchrashuvda g‘alaba qozondi va turnir finaliga chiqdi. Hal qiluvchi o‘yin 12-fevral kuni Indoneziyaga qarshi bo‘ladi.


dayjest

Xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova AQShdan O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi

2021-yildan buyon AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi. “O‘zbekistonda muhit o‘zgarganini, federatsiyada sportchilarga e’tibor paydo bo‘lganini his qilmaganimda qaytmas edim”, — deya ta’kidladi u.


dayjest

O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston amputant futbolchilari Osiyo chempionati g‘olibi bo‘ldi. Ular finalda Indoneziya terma jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub qildi. Jamoa musobaqa davomida mag‘lubiyatga uchramadi, 5 ta o‘yinda 33 ta gol urib, atigi 1 ta gol o‘tkazib yubordi.


dayjest

O‘zbekiston para velosportchilari Osiyo chempionatida yana birinchi o‘rinni egalladi

Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 26 ta medal — 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza olib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa ketma-ket ikkinchi yil OCHda peshqadamlik qilmoqda.


Jahon

dayjest

Zelenskiy Rossiya bilan hudud almashish haqida gapirgandi. Kreml bunday variantni rad etdi

Vladimir Zelenskiy muzokaralarda Kursk viloyatining Ukraina nazoratidagi bir qismini Ukrainaning Rossiya anneksiya qilgan hududlari bilan almashtirishni taklif qilmoqchi ekani haqida gapirgandi. Kremlga ko‘ra, “bu imkonsiz: Rossiya hech qachon o‘z hududini ayirboshlash mavzusini muhokama qilmagan va qilmaydi”.


dayjest

HAMAS garovga olinganlarni 15-fevralgacha qaytarmasa, G‘azoda jangovar harakatlar qayta boshlanadi — Netanyahu

Binyamin Netanyahu agar HAMAS 15-fevralgacha garovga olingan isroilliklarni qaytarmasa, G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshlashni va’da qildi. Avvalroq HAMAS shartlar buzilganini aytib, ozod qilishni to‘xtatgandi. Tramp esa guruhga shanbagacha muhlat bergan.


dayjest

USAID`ning pudratchi kompaniyalari Tramp ma’muriyatini sudga berdi

USAID bilan shartnoma asosida ishlaydigan tashkilot va kompaniyalar Donald Tramp ma’muriyatini agentlikni tugatish bo‘yicha noqonuniy harakatlarda ayblab sudga berdi. Bu, da’vogarlarning ta’kidlashicha, xorijiy yordam dasturlarini moliyalashtirishda tartibsizliklarni keltirib chiqardi.


dayjest

Armaniston parlamenti YIga kirishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Avvalroq bosh vazir Pashinyan loyiha YIga to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zolikni anglatmasligi va bu masala bo‘yicha qaror referendum orqali qabul qilinishini aytgandi.


dayjest

Google Maps AQShdagi foydalanuvchilar uchun Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartirdi

Google AQShdagi foydalanuvchilar uchun Google Maps xizmati xaritalarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartirdi. Dunyoning boshqa mamlakatlaridagi foydalanuvchilar ikkala nomni ham ko‘radi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!