Google Maps servisi xaritadagi Meksika ko‘rfazini AQShlik foydalanuvchilar uchun rasman Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda CNN.

Toponimning qayta nomlanishi AQSh prezidenti Donald Trampning 2025-yil 20-yanvardagi farmoyishi asosida amalga oshirildi. Ikki hafta oldin Google Trampning farmoniga amal qilishini tasdiqladi, chunki kompaniya “o‘zgarishlar hukumatning rasmiy manbalarida yangilanganda ularni qo‘llashning uzoq yillik amaliyotiga” amal qiladi.

“AQShda Maps`dan foydalanuvchilar Amerika ko‘rfazini, Meksikadagilar Meksika ko‘rfazini ko‘radi. Qolgan barcha esa ikkala nomni ham ko‘radi”, — deyiladi korporatsiya bayonotida.

ақш, мексика ko‘rfazi

Ko‘rfazning nomi dunyoning boshqa mamlakatlarida yashovchi foydalanuvchilar uchun qanday ko‘rinishga ega?

Tramp birinchi marta 7-yanvar kuni Meksika ko‘rfazining nomini o‘zgartirish rejalarini e’lon qilgandi. “Biz Meksika ko‘rfazining nomini katta hududni qamrab olgan Amerika ko‘rfaziga o‘zgartirmoqchimiz. Amerika ko‘rfazi, qanday chiroyli nom. Va bu o‘rinli”, — degandi u o‘shanda.

Bunga javoban Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Shimoliy Amerikani, jumladan, AQShni “Meksika Amerikasi” deb qayta nomlashni taklif qilgan — bu mintaqaning dastlabki xaritalarida ishlatilgan tarixiy nom. “Meksika Amerikasi”, — dedi Sheynbaum Shimoliy Amerika tasvirlangan 1607-yilgi xaritani ko‘rsatib.

Reuters agentligining ta’kidlashicha, Meksika ko‘rfazi nomining o‘zgarishi xalqaro miqyosda tan olinishi dargumon.