7−9-fevral kunlari Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi, deya xabar qildi Milliy paralimpiya qo‘mitasi.

Terma jamoa jami 26 ta — 12 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritib, 15 davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston terma jamoasining medal sovrindorlari:

Oltin:

  • Bunyodbek Xaitmahammadov (C1);
  • Og‘abek Xudergenov (C3);
  • Aziza Qosimova (C4) — 2;
  • Ruxshona Yoqubova (C3) — 2;
  • Aziz Otaxo‘jayev (T1) — 2;
  • Fotima Soipova (T1);
  • Odina Hamdamova (T2) — 2;
  • Marjona Pardaboyeva (T1).

Kumush:

  • Shaxnoza Hakimova (C5) — 2;
  • Jasur Ilhomov (T2);
  • Marjona Pardaboyeva (T1);
  • Fotima Haydarova (T2) — 2;
  • Og‘abek Xudoyberganov (C3);
  • Zarifa Mo‘minova (T1);
  • Bahodir Odinayev (T2).

Bronza:

  • Saidjabbor Dadaxonov (T1) — 2;
  • To‘lqin Ravshanov (T2);
  • Bunyodbek Xaitmahammadov (C5);
  • Jasur Ilhomov (T2).

Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tantanali kutib olish marosimida Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati,OAV xodimlari va sportchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

миллий paralimpiya qo‘mitasi, осиё чемпионати, para велоспорт

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Qozog‘istonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ham o‘zbekistonlik para velosportchilar 19 ta — 10 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib birinchi o‘rinni olgandi.