O‘zbekistonning eng yirik raqamli banklaridan biri bo‘lgan TBC Bank va payme yetakchi to‘lov xizmatini o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimlaridan biri bo‘lgan TBC Uzbekistan bugun 2024-yilning to‘rtinchi choragi va o‘n ikki oyi uchun MHXS bo‘yicha yig‘ma moliyaviy natijalarni e’lon qildi.

TBC Uzbekistan raqamli banking ekotizimi London fond birjasida savdo qiladigan TBC Bank Group PLC tarkibiga kiradi.

2024-yil TBC Uzbekistan tarixida rekord yili bo‘ldi: barcha asosiy operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli o‘sish qayd etildi va yangi rekordlarga erishildi.

Umumiy operatsion daromad

Kompaniyaning umumiy operatsion daromadi 2024-yilda 1,9 trillion so‘mgacha ko‘tarildi (2023-yilga nisbatan 108% o‘sish), TBC Bank Group umumiy operatsion daromadining 15% TBC Uzbekistan’ga to‘g‘ri keldi.

2024-yil uchun sof foyda rekord darajadagi 514 milliard so‘mgacha ko‘tarildi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 91% o‘sish). 2024-yilning to‘rtinchi choragi yakunlari bo‘yicha TBC Bank Group sof foydasining 8% TBC Uzbekistan’ga to‘g‘ri keldi. Kapital rentabelligi (ROE) 2024-yilda 26,9% ni tashkil etdi.

Mijozlar bazasining o‘sishi

2024-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, TBC Uzbekistan’da 18,4 million noyob foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37% o‘sgan), bu esa kompaniyani nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham raqamli bankingning eng yirik ekotizimlari qatoriga kiritadi. Oylik faol foydalanuvchilar soni (MAU) 5,9 million deb qayd etildi (2023-yilga nisbatan 38% o‘sish).

Portfelning jadal o‘sishi

2024-yil 31-dekabr holatiga kredit portfeli 8,07 trillion so‘mgacha ko‘tarildi (o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112% ni tashkil etdi). Kompaniya O‘zbekiston bozoridagi ulushini oshirishda davom etmoqda: 2024-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, kompaniyaning ta’minlanmagan iste’mol kreditlari segmentidagi ulushi 16,4% ni tashkil etdi (2023-yil yakunlariga ko‘ra — 13,9%). TBC Uzbekistan’ning TBC Bank Group natijalariga qo‘shgan hissasi ortib bormoqda: 2024-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, guruh portfelidagi ta’minlanmagan iste’mol kreditlari umumiy hajmining 50% TBC Uzbekistan’ga to‘g‘ri keldi.

Jismoniy shaxslar omonatlarining yuqori o‘sish sur’atlari

Depozitlar hajmi 2024-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, 4,8 trillion so‘mgacha oshdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82% o‘sish), bu O‘zbekistondagi bunday depozitlar umumiy hajmining 3,6% ini tashkil etadi. 2024-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra TBC Bank Group jismoniy shaxslar depozitlari portfelining 11% TBC Uzbekiston’ga to‘g‘ri keldi.

Boshqa muhim voqealar:

  1. 2024-yilda TBC Bank Uzbekistan bir qator yangi mahsulot vertikallarini ishga tushirdi: TBC Uzbekistan raqamli bank ekotizimiga kirish uchun asosiy nuqtasi bo‘ladigan Salom Card flagman debet kartasi va O‘zbekistonda qayta tiklanadigan limitga ega birinchi TBC kredit mahsuloti bo‘lgan Osmon Card taqdim etdi. Shuningdek, TBC Uzbekistan mamlakatdagi birinchi kichik va o‘rta biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun to‘liq raqamli bank xizmati bo‘lgan TBC Business’ni ishga tushirdi.
  2. 2024-yilda ulgurji moliyalashtirish doirasida TBC Bank Uzbekistan 105 million AQSh dollarini, shu jumladan, investitsion boshqaruv menejeri Tripple Jump orqali Global Gender-Smart Fund (GGSF), responsAbility Investments AG, BlueOrchard va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YeTTB) jalb etdi. Yangi mablag‘lar bankka jamg‘arma manbalarini diversifikatsiya qilishni davom ettirib, kredit portfelini yanada oshirib, TBC’ga O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi. Shuningdek, kompaniya kapitalga aksiyadorlardan 75 million AQSh dollari va korporativ obligatsiyalar chiqarish bilan qarzni moliyalashtirish orqali 13 million AQSh dollarini jalb etdi.
  3. 2024-yilda kompaniya sun’iy intellekt (AI) asosidagi texnologiyalarni ishlab chiqishda sezilarli yutuqlarga erishdi. TBC o‘zining Speech Tech modelini yaratdi va mijozlarga yaqinlashib kelayotgan to‘lovni eslatuvchi qo‘ng‘iroqlar uchun sun’iy intellektga asoslangan ovozli agentlarni ishga tushirdi. 2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, ovozli agentlar kredit to‘lovlarini kechiktirishning dastlabki bosqichida qo‘ng‘iroqlarning 40% dan ortig‘iga ishlov berdi va operatsion samaradorlikni sezilarli darajada oshirdi. 2025-yil yanvar oyida TBC savdo uchun o‘zbek tilidagi o‘zining katta til modelini ishga tushirdi. Uni bu yil mijozlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida, shu jumladan, ilovalardagi virtual yordamchilar uchun va boshqa sohalarda qo‘llashni boshlashni rejalashtirilmoqda.
  4. 2024-yilda TBC Uzbekistan yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishni tezlashtiradigan, xizmatlarni bozorga chiqarish vaqtini qisqartiradigan va umuman olganda to‘lov operatsiyalari samaradorligini oshiradigan protsessing markazini ishga tushirish orqali muhim infratuzilma chegarasiga erishdi. Shuningdek, kompaniya eng yirik xalqaro to‘lov tizimlari bo‘lgan Visa va Mastercard bilan strategik shartnomalar imzoladi, bu esa mijozlarning xalqaro to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

tbc bank, реклама

“2024-yil biz uchun muhim yil bo‘ldi: biz asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha rekord darajadagi o‘sishga erishdik, bir qator yangi mahsulot vertikallarini ishga tushirdik va sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni joriy etishda sezilarli yutuqlarga erishdik. Biz daromadli o‘sishni davom ettirdik va mijozlar bazasini kengaytirdik: bizning ekotizimimizda allaqachon 18,4 million ro‘yxatdan o‘tgan noyob foydalanuvchilar bor, bu O‘zbekiston aholisining deyarli yarmiga to‘g‘ri keladi.

Asosiy biznes yo‘nalishlarimiz o‘sib borar ekan, biz bir qator yangi mahsulot vertikallarini ishga tushirish orqali mahsulot qatorini kengaytirishga investitsiya kiritdik: Salom Card debet kartasi, Osmon Card kredit kartasi va kichik va o‘rta biznes uchun TBC Business xizmati. Ushbu mahsulotlar bizning ekotizimimiz doirasida sinergiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, shuningdek, qo‘shimcha daromad manbalari uchun poydevor qo‘yadi, bu bizga Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi sifatidagi pozitsiyamizni mustahkamlash imkonini beradi. Biz mamlakatda sun’iy intellektga asoslangan raqamli kelajak bankini yaratish uchun eng yangi texnologiyalarni faol sinovdan o‘tkazmoqdamiz va ulardan foydalanmoqdamiz, hozirda biz dastlabki natijalarga erishdik. 

Bizning missiyamiz — foydalanishda oddiy, tushunarli va yoqimli moliyaviy mahsulotlarni yaratish orqali odamlar hayotini osonlashtirish. Bizning muvaffaqiyatimizning asosi — 3000 dan ortiq a’zoni o‘z ichiga olgan fantastik jamoa, men biznesimizga qo‘shgan hissasi uchun ularning har biriga minnatdorchilik bildiraman. Biz O‘zbekistonda kelajak raqamli bankini yaratayotganimizdan hamda mamlakat va mintaqada moliyaviy va texnologik biznesning yangi qiyofasini shakllantirishga ko‘maklashayotganimizdan faxrlanamiz”, — dedi TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani.

Reklama huquqlari asosida.