Siyosat

dayjest

3−4-aprelda birinchi YI — MO sammiti o‘tkaziladi

Yevrokengash va Yevropa komissiyasi prezidentlari Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayen YI — Markaziy Osiyo birinchi sammitida ishtirok etish uchun 3−4-aprelda O‘zbekistonda bo‘ladi. Kun tartibida — transport va raqamli aloqa, strategik xomashyo, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni kengaytirish.


Iqtisodiyot

dayjest

Iqtisodiyotni ko‘tarish emas, ko‘tarilishiga xalal bermaslik kerak — Botir Qobilov

Texas universiteti professori Botir Qobilov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida iqtisodiyotda davlatning roli qanday bo‘lishi kerakligini tushuntirdi. “Davlatning bilimi bozordagi holatni bilishga yetmaydi. Byurokratik apparatda qaysi korxonaning ishi kelajakda yaxshi bo‘lishini bilish imkoniyati yo‘q”, — deydi u.


dayjest

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy bankining AQSh dollarini so‘mga nisbatan almashuv kursi ilk bor 13 000 so‘mlik nuqtadan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 0,65 foizga qadrsizlandi. Devalvatsiya sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pastroq bo‘ldi.


dayjest

Aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun imkoniyatlar yaratiladi

O‘zbekistonda aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda. Qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, elektron garov xatiga o‘zgartirishlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida amalga oshiriladi.


Jamiyat

dayjest

Video: Buxorodagi xonadonda gaz portladi

G‘ijduvon tumanidagi aholi xonadonlaridan birida gaz portladi. Hodisa gaz sizib chiqib to‘planishi va chiroq yoqilishi oqibatida kelib chiqqan. FVBga ko‘ra, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.


dayjest

O‘zbekistonda 1 ta kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartirilishi mumkin

O‘zbekistonda endi mahkumlar 1 ta kitob o‘qish orqali o‘tayotgan jazo muddatini 3 kunga qisqartirishi mumkin bo‘ladi. Bu uchun mahkum o‘qigan kitobi bo‘yicha imtihon topshirishi kerak bo‘ladi. Tegishli qonun deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.


dayjest

Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti

Jomboyda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darilishi oqibatida 22 nafar ayol jabrlandi, deya xabar berdi Milliy telekanali. Biroq bir kun oldin YHXB bu ma’lumotni yashirib, faqat bir kishi halok bo‘lganini ta’kidlagan. Shifoxona marhum ayol kishi bo‘lganini bildirdi. FVV hodisa bo‘yicha munosabat bildirmadi.


dayjest

Foto: Buyuk Ipak yo‘li metrosida hojatxona ochildi

Toshkent metrosining Buyuk Ipak yo‘li bekatida jamoat hojatxonasi hamda onalar va bolalar xonasi ochildi. Xizmatdan foydalanish narxi — 3 ming so‘m. Metropoliten yana 3 ta bekatda qurilish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.


dayjest

Toshkentda maktab qarshisida Nexia-3 o‘quvchini urib ketdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 260-maktab yonginasida Nexia-3 mashinasi 10 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Piyoda shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Prezident Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Jamg‘arma tahliliy materiallar tayyorlash va tadqiqot o‘tkazish uchun grant ajratadi, ijtimoiy so‘rovnomalar va jamoatchilik fikrini o‘rganish tadqiqotlarini amalga oshiradi.


dayjest

Surxondaryo va Farg‘onada tadbirkorlar energiya zaxirasiga qariyb 2,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida savdo binosi egasi hisoblagichni o‘zgartirish yo‘li bilan 1,3 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatdi. Farg‘ona shahrida ham tadbirkor oshxonasidagi nosoz gaz hisoblagich orqali 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.


dayjest

Toshkentda 17 nafar fuqaro noqonuniy diniy tashkilot tuzishda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkent shahrida norasmiy diniy darslarni muntazam ravishda tashkil etib kelgan 17 nafar fuqaro aniqlandi. Ular diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzishda ayblanmoqda.


dayjest

Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi

Toshkent va Navoiy viloyatlarining aksariyat tuman-shaharlarida maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun tariflar oshirildi. Ta’kidlanishicha, majburiy yagona tariflar xizmatlar sifatini oshirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.


dayjest

Samarqand va Konyaga birodar shaharlar maqomi berildi

Samarqand hokimi va Konya (Turkiya) meri birodar shaharlar maqomida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi hokimlar uchun malaka oshirish dasturi bo‘yicha Turkiyada bo‘lib turibdi.


dayjest

O‘zbekiston aholisining 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida esa qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor

O‘zbekistonliklarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida esa qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor. Shuningdek, aholining 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan. Shu bois, “Sog‘lom inson — sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi.


dayjest

Ombudsman 2024-yilda fuqarolarga jami 1,8 mlrd so‘mlik ish haqini undirib berdi

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) 2024-yilda fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq 1 mlrd 832,9 mln so‘m mablag‘ni undirib berdi. Yil davomida ombudsmanga 23 mingdan ziyod murojaat tushgan.


dayjest

Toshkent viloyatida qum qazib olganlar tabiatga 100,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Bekobod tumanida fuqarolar noqonuniy ravishda qum qazib olgani aniqlandi. Fuqaro bu ishi bilan tabiatga 100 mlrd 627 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.


dayjest

Andijonda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Oltinko‘l tumanida ayol sha’riy nikohdagi eri tomonidan pichoqlanishi oqibatida vafot etdi. Erkak protsessual tartibda ushlanib qamoqqa olindi.


dayjest

MOQning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi. Ularga viloyat hokimlari rahbar bo‘ladi

Prezident Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limlarini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu bo‘limlarga viloyat hokimlari rahbarlik qilishi belgilandi. Shuningdek, sportchilarni kelgusi Olimpiadaga tayyorlash uchun zarur sharoit va infratuzilmaga 300 mlrd so‘m ajratiladi.


dayjest

Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi

Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari o‘tkazib boriladi. Ularga nogironligi bo‘lgan shaxslar keng jalb etiladi. Shu bilan birga, mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.


dayjest

Toshkentda 2024-yilda rasman 1280 ta YTH qayd etildi. Avariyalar oqibatida 91 kishi vafot etdi

Poytaxtda 2024-yilda 1280 avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda mingdan ortiq odam jarohatlandi, 91 kishi vafot etdi. YHXB avariyaning o‘choq nuqtalarini aniqlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha ishlar olib boradi.


dayjest

Hududlardagi 310 ta sport maktabi milliy terma jamoalarning “seleksiya bazasi"ga aylanadi

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun joylardagi 310 ta sport maktablari milliy terma jamoalarning “seleksiya bazasi"ga aylanadi. Mutasaddilarga har bir maktab bo‘yicha aniq maqsadlarni belgilab, uch yillik dastur qilish topshirildi.


Sport

dayjest

O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlarida 26 yil ichida ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasi 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2024-yildan buyon O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan figurali uchuvchilar Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish juftlik yo‘nalishida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.


Jahon

dayjest

Qozog‘istonda xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish taklif etildi

Qozog‘istonda Parlament Majlisi deputati xorijiy agentlar to‘g‘risidagi tegishli qonunni qabul qilishni taklif etdi. “Qozog‘istonliklar o‘zgalar o‘yinining asiri bo‘lishni istamaydi”, — degan deputat mamlakatda 200 ga yaqin nodavlat tashkilot xorijdan moliyalashtirilishini ta’kidladi.


dayjest

Janubiy Koreya aviaparvozlarda poverbanklar soni va quvvatiga cheklov joriy qiladi

Janubiy Koreyada samolyotda chiqqan yong‘indan so‘ng aviatsiya xavfsizligi kuchaytirilmoqda. 1-martdan yo‘lovchilarga 100 vatt-soatgacha bo‘lgan 5 ta poverbankni olib yurishga ruxsat beriladi, 160 vatt-soatdan ortiq batareyalar bortga qo‘yilmaydi. Bagajga poverbank va elektron sigaretlarni joylash taqiqlanadi.


dayjest

Putin bilan uchrashuv Saudiya Arabistonida o‘tishi mumkin, Kiyevning NATOga a’zoligi “ehtimoldan yiroq”. Tramp — Ukrainadagi urush tugashi haqida

Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini “real” deb hisoblamasligini aytdi va mamlakatning 2014-yilgi chegaralariga qaytishini “ehtimoldan yiroq” deya atadi.


dayjest

Ukraina va Rossiyada urushda bedarak yo‘qolganlar soni ikki barobar oshdi — XQXQ

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi Ukraina va Rossiya urushida bedarak yo‘qolganlar soni bir yilda ikki barobardan ortiqqa oshib, 50 ming kishiga (bir yil avval 23 ming kishi edi) yetganini bildirdi. Ularning qariyb 90 foizi harbiy xizmatchilar va ayollardir.


dayjest

“Ukraina va Yevropa har qanday muzokaralarning bir qismi bo‘lishi kerak”. Yevropa siyosatchilari Trampning bayonotlariga munosabat bildirdi

Yevropa davlatlari TIV rahbarlari Trampning Kiyev o‘z yerlarini qaytarib olishi dargumonligi haqidagi so‘zlariga javoban Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va uning hududiy yaxlitligini qo‘llashga tayyorligini bildirdi. “Ukraina va Yevropa har qanday muzokaraning bir qismi bo‘lishi kerak”, — dedi vazirlar.


dayjest

Daniyada Kaliforniyani AQShdan sotib olish bo‘yicha petitsiya boshlandi

Daniyada Donald Trampning Grenlandiya AQSh nazoratiga o‘tishi kerakligi haqidagi bayonotiga javoban Kaliforniyani sotib olish bo‘yicha satirik petitsiya boshlandi. Uning mualliflari shtatni 1 trln dollarga sotib olishni, Mikki Mausga viking shlemini kiydirishni va Gollivudga hyugge olib kirishni taklif qilmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!