Samarqand shahrida maynerlar ko‘p miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, “S.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. va korxonaga qarashli mebel sexi ustasi A.N. mebel sexini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan holda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Oqibatda 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Holat yuzasidan I.A. va A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
BP tadbirkorlarni energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishga chaqirdi va bu kabi reydlar davom etishini bildirdi.