Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi.

Qayd etilishicha, holat 5-fevral kuni sodir bo‘lgan. Fuqaro S.M. sha’riy nikohidagi turmush o‘rtog‘i J.M. bilan o‘zaro janjal oqibatida uni xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.

Holat yuzasidan tumani prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.M. protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

“Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov xarakatlari alohida nazoratga olingan, tergov xarakatlari davomida ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.

Agar sudda mazkur ayblov o‘z isbotini topsa, gumonlanuvchi 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.