Toshkent viloyati Bekobod tumanida fuqarolar tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

Qayd etilishicha, tumanning Farhod mahallasida fuqarolar noqonuniy ravishda qum qazib olgan. Holat yuzasidan o‘rganish olib borilganda, tabiatga 100 mlrd 627 mln 800 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentdagi Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazilgani oqibatida tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazilgani xabar qilingandi.