Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tadbirkor elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgani va resurslardan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar berdi “Milliy elektr tarmoqlari”.
Nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor o‘ziga qarashli savdo va xizmat ko‘rsatish binosida elektr hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi.
Qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 337 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Boshqa holatda Farg‘ona shahridagi umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati xatlovdan o‘tkazildi. “Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, o‘rganish jarayonida korxona nosoz gaz hisoblagich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 1 mlrd 151 mln so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Ushbu holatlar yuzasidan barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.