O‘zbekiston Markaziy banki 14-fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,88 so‘mga ko‘tarilib, 13 003,95 so‘mni tashkil qildi.

Payshanba kuni banklar dollarni 12 925 − 12 970 so‘m oralig‘ida sotib oldi (Asia Alliance Bank) va aholiga 12 990 so‘mdan (Apex Bank va Poytaxt Bank) 13 050 so‘mgacha sotdi.

доллар kursi

Yil boshidan buyon so‘m 0,65 foizga — 12920,48 so‘mdan 13003,95 so‘mga (+83,47 so‘m) qadrsizlandi. Taqqoslash uchun: 2024-yilning shu davrida devalvatsiya 1,15 foizni (+141,27 so‘m) tashkil etgan.

2024-yilda O‘zbekiston eksporti hajmi 8,4 foizga o‘sib, 26,95 milliard dollarni, oltinsiz eksport esa 16,5 foizga o‘sib, 19,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Import 0,8 foizga — deyarli 39 milliard dollargacha o‘sdi, bu asosan energiya resurslari, neft, oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarni sotib olishning ko‘payishi hisobiga bo‘ldi. Shu bilan birga, mashinalar, asbob-uskunalar va kimyoviy mahsulotlar importi kamaydi.

Natijada savdo balansining salbiy saldosi 13,79 mlrd dollardan 12,04 mlrd dollargacha qisqardi.

Ushbu omillar, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida talab va taklifni muvozanatlashtirishga xizmat qilib, so‘m almashuv kursini barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynadi, deyiladi Markaziy bankning o‘tgan yilning to‘rtinchi oyidagi pul-kredit siyosati to‘g‘risidagi hisobotida.

Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘tgan yili O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 30 foizga oshib, 14,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Natijada so‘m 2024-yilda 4,71 foizga qadrsizlandi.