7−14-fevral kunlari Xitoyning Harbin shahrida o‘tkazilayotgan qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 26 yil ichida ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. Tarixiy yutuqqa 2024-yildan buyon milliy terma jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan figurali uchuvchilar Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish sazovor bo‘ldi.

Juftlik figurali uchish bo‘yicha Chigirev va Geynish qisqa dasturda eng yaxshi natijani ko‘rsatdi — 64,55 ball. Keyingi o‘rinlarni Yaponiya (58,49) va KXDR (56,68) juftliklari egalladi.

Erkin dasturda shimoliy koreyalik Taye Ok Rem va Kum Chol Xan dueti birinchi (112,2), O‘zbekiston ikkinchi (111,88), Yuna Nagaoka va Sumitada Moriguchidan iborat Yaponiya uchinchi (109,86) o‘rinda bo‘ldi.

дмитрий чигирев, екатерина гейниш, қишқи осиё o‘yinlari 2025

Ikki ko‘rsatkich yig‘indisiga ko‘ra, Chigirev va Geynish oltin medalni (176,43), KXDR kumush (168,88) va Yaponiya bronza medalini (168,35) qo‘lga kiritdi.

Bu qishki Osiyo o‘yinlarining figurali uchish bo‘yicha oltin medali tarixda ikkinchi bor O‘zbekistonga nasib etdi. 1999-yilda Janubiy Koreyaning Gangvondo shahrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Tatyana Malinina birinchi o‘rinni egalladi.

Umuman olganda, qishki Osiyo o‘yinlari tarixida O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta medal — 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Xarbindagi qishki Osiyo o‘yinlarida 34 mamlakat va mintaqadan 1200 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Yagona oltin medal evaziga O‘zbekiston umumjamoa hisobida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Video

Foto