Toshkent viloyati Bekobod shahridagi “G‘.O.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shohobchasining o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, buning oqibatida 11,4 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
BP tadbirkorlarni energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishga chaqirdi va bu kabi reydlar davom etishini bildirdi.