O‘zbekistonning qator tog‘li hududlarida 15−18-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Quyidagi hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiriladi:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.