2025-yil 12-fevral kuni soat taxminan 22:50 larda Toshkent tumanining “Ozodlik” mahallasida joylashgan bolalar maydonchasida 17 yoshli yigit tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Gazeta.uz” so‘roviga ko‘ra Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2007-yil 18-iyunda tug‘ilgan A.S. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda avvaldan nizoda bo‘lgan 2006-yil 9-mayda tug‘ilgan A.G. bilan janjallashgan. Mojaro chog‘ida u o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan A.G.ning qorin va tanasiga bir necha bor zarba bergan.
Oqibatda A.G. og‘ir tan jarohatlari olib, Toshkent tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Hodisa yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari boshlangan. Tuman prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan Jinoyat ning 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda u gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, tegishli tartibida ushlandi.