Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomobillarga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani onlayn olish imkoni joriy qilindi.
Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalida onlayn ariza to‘ldirish kerak. So‘ngra u Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuboriladi.
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqqach uning natijasi portaldagi shaxsiy kabinetga yuboriladi. Xizmat ko‘rsatilishi uchun to‘lov — 112 500 so‘mni (BHMning 0,3 baravari) tashkil qiladi.
Onlayn ruxsatnoma olishning tartibi bilan quyidagi videoqo‘llanmada tanishish mumkin:
“Gazeta.uz” avvalroq yong‘in texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Yakubjon Rustemovning gaz ballonli avtomobillarni haydashda nimalarga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qilgandi.