Al-Kuvayt shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt amiri Shayx Mish’al as-Saboh O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
  • Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • “Aqlli” shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • San’at va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasida 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;
  • Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Foto

куvaйт, шавкат мирзиёев

куvaйт, шавкат мирзиёев

куvaйт, шавкат мирзиёев

куvaйт, шавкат мирзиёев

куvaйт, шавкат мирзиёев