Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi tomonidan Toshkent shahri va viloyatlardagi bojxona organlarida xizmat qilayotgan 14 bosh it “Xizmat iti nishoni” bilan taqdirlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Itlar rus spaniyeli, nemis ovcharkasi, ingliz koker spaniyeli, malinua, Sharqiy Yevropa ovcharkasi zotiga mansub. Ular ko‘magida o‘tgan 2024-yilda 337 kg giyohvandlik vositalari, salkam 55 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 11 dona qurol, 10 mingga yaqin o‘q-dori, 24 kg porox, salkam 2,3 mlrd. so‘m eksvivalentdagi naqd xorijiy valyutalar, 41 8 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi oldi olingan.

Shuningdek, markazning 5 bosh xizmat iti bo‘yniga ham turli xalqaro va mahalliy musobaqalarda hamda ko‘rgazmalarda yuqori natijalarga erishgani sababli ushbu nishon taqib qo‘yildi.

2022-yilda “Gazeta.uz” Toshkent xalqaro aeroportidagi kinologiya xizmati xodimi, yetti yoshli labrador S. Vorro bilan “intervyu” e’lon qilgandi. Jonivor ishi, egasi, maoshi va yaqin orada nafaqaga chiqishi haqida “so‘zlab bergandi”.

Foto

bojxona qo‘mitasi, itлар, kinologiya

bojxona qo‘mitasi, itлар, kinologiya

bojxona qo‘mitasi, itлар, kinologiya

bojxona qo‘mitasi, itлар, kinologiya

bojxona qo‘mitasi, itлар, kinologiya

bojxona qo‘mitasi, itлар, kinologiya