Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Yaponiyaning nufuzli kompaniyalari va ta’lim markazlari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Ularning safida Noritsuisu, Umajirushi, ACES Japan kabi yirik kompaniyalar hamda Ouka yapon ta’lim markazi rahbarlari bor edi.

Yaponiya dunyodagi eng ilg‘or ta’lim tizimlaridan biriga ega bo‘lib, unda intizom, sifat va amaliyotga alohida e’tibor qaratiladi.

kimyo universiteti, реклама

Mehnat bozori nuqtai nazaridan Yaponiya dunyoning innovatsion va yuqori malakali ishchi kuchiga ega davlatlaridan biri hisoblanadi. Ish beruvchilar xodimlarning mas’uliyati, intizomi va kasbiy mahoratiga katta e’tibor qaratadi. Xususan, muhandislik, texnologiya va qurilish sohalarida xorijiy mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Shu sababli TKXU bitiruvchilarining Yaponiya kompaniyalarida ishga joylashishi ularga katta imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

kimyo universiteti, реклама

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi TKXU va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida istiqbolli akademik dasturlarni ishlab chiqish, universitet talabalarining xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish hamda Yaponiya kompaniyalarida amaliyot va malaka oshirish imkoniyatlarini yaratishdan iborat bo‘ldi. Xususan, talabalar uchun 4-6-10 oylik to‘lovli amaliyot dasturlari ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

kimyo universiteti, реклама

Yaponiyada ishlashning asosiy talablaridan biri – yapon tilini mukammal bilishdir. Shu maqsadda universitet qoshida maxsus yapon tili kurslari tashkil etilgan bo‘lib, ayniqsa, arxitektura va qurilish yo‘nalishi talabalari ushbu dasturda faol ishtirok etmoqda. Bu kelajakda Yaponiya kompaniyalarida ish topish va malaka oshirish imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

kimyo universiteti, реклама

Bu tashabbus kelajakda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga zamin yaratadi.

Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy va ishbilarmonlik aloqalarining mustahkamlanishida muhim qadam bo‘ldi.

kimyo universiteti, реклама

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ilk bor Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti nomi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 24-iyuldagi №OT 0002 (033297) davlat litsenziyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi №1007 qarori asosida xususiy oliy ta’lim muassasasi sifatida tashkil etilgan.

Universitet birinchi va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha yuqori malakali bakalavrlarni – kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida, hamda magistrlarni kunduzgi ta’lim shaklida tayyorlaydi. Ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Akademik faoliyatni Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Malayziya kabi ta’lim sohasida sanalmish xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari bo‘lgan xalqaro va mahalliy professorlar amalga oshiradilar.

kimyo universiteti, реклама

Hozirgi kunda TKXU ning 5 ta ta’lim maktabi tarkibida 37 ta bakalavriat va 22 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 2021/2022 o‘quv yilida universitetning Namangan shahridagi, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab esa Samarqand shahridagi filiallarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2022-yilda O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida TKXU birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi. 

TKXU ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega bo‘lib, universitet bitiruvchilariga taqdim etiladigan diplom O‘zbekiston hududida to‘laqonli tan olinadi.

Telefon: (+998) 78-129-40-40.

Sayt: kiut.uz
Facebook: fb.com/kiut.uz
Instagram: @kiut.uz_rasmiy
Telegram: t.me/kiut_official

Reklama huquqlari asosida.