Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy-joylarga kiritilgan investitsiyalarning daromadliligini tahlil qildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bunday investitsiyalarning rentabelligi sezilarli darajada pasaygan.

Xususan, 2024-yil fevral oyida uy-joylarni ijaraga berish va ularning qiymati o‘zgarishidan olingan daromad o‘rtacha 32,4 foizni, oktabr oyida esa 12,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar oyida 7,6 foizgacha pasaydi.

Ba’zi hududlarda hatto manfiy daromadlilik ham kuzatilmoqda, bu esa investorlar uchun ehtimoliy zararlardan darak beradi.

Daromadlilik hudud va xonalar soniga qarab sezilarli darajada farq qiladi:

Tuman
Xonalar soni
Daromad, 2024-yil fevral (%)
Daromad, 2025-yil yanvar (%)
Mirobodskiy
1
53
-1.7
Bektemirskiy
1
46.8
54.3
Uchtepinskiy
2
27
2.6
Yakkasaroy
2
24.2
15.1
Bektemirskiy
3
33.7
-5.5
Yakkasaroy
3
22.8
10.4
Bektemirskiy
4
37.9
-7.3
Chilonzorskiy
4
19.8
16.5
Yakkasaroy
Uy-joy narxlari
16.1
3
Bektemirskiy
Uy-joy narxlari
26.9
2.8
Chilonzorskiy
Uy-joy narxlari
15.4
0.3
Shayxontoxurskiy
Uy-joy narxlari
35.8
-0,8
Yunusobod
Uy-joy narxlari
30.4
-3.4

Eng ko‘p daromadlilik Mirobod tumanidagi 1 xonali xonadonlar uchun 53 foizdan -1,7 foizgacha, Bektemir tumanidagi 3 xonali xonadonlar uchun 33,7 foizdan -5,5 foizgacha, shuningdek, ushbu tumandagi 4 xonali xonadonlar uchun 37,9 foizdan -7,3 foizgacha pasaygan.

Bektemir tumanida 1 xonali kvartiralarga kiritilgan investitsiyalardan olingan daromad 46,8 foizdan 54,3 foizga ko‘tarildi.

Chilonzor tumanidagi 4 xonali xonadonlar bo‘yicha daromadlilik 19,8 foizdan 16,5 foizga, Yakkasaroy tumanidagi 2 xonali xonadonlar bo‘yicha esa 24,2 foizdan 15,1 foizga pasaydi. Shunga qaramay, bular eng kam pasayish kuzatilgan segmentlar hisoblanadi.

Uy-joy qiymatining o‘zgarishi va uni ijaraga berishdan olinadigan o‘rtacha daromad. Manba: MHTI.Uy-joy qiymatining o‘zgarishi va uni ijaraga berishdan olinadigan o‘rtacha daromad. Manba: MHTI.

Uy-joy narxlarining o‘zgarishi

Yakkasaroy, Bektemir va Chilonzor tumanlarida 2024-yil fevral oyida uy-joy narxlarining oshishidan olinishi mumkin bo‘lgan foyda mos ravishda 16,1 foiz, 26,9 foiz va 15,4 foizni tashkil etgan. 2025-yil yanvar oyiga kelib bu ko‘rsatkichlar keskin pasayib, 3 foiz, 2,8 foiz va 0,3 foizga tushdi.

Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida narxlarning pasayishi qayd etildi: mos ravishda 35,8 foizdan -0,8 foizgacha va 30,4 foizdan -3,4 foizgacha.

Ijara

2025-yil yanvar oyida ijara bo‘yicha o‘rtacha yillik daromad:

Mirobod tumani — 10% (o‘tgan yilning fevral oyida — 10,4%);

Mirzo Ulug‘bek tumani — 9,9% (10,6%);

Shayxontohur tumani — 9,8% (11,6%).

Ijara nisbatan arzonroq hisoblangan Olmazor, Uchtepa, Sergeli tumanlarida bu ko‘rsatkich 2024-yil fevraliga nisbatan biroz pasayib, 8,9 foizni tashkil etdi (oktabr oyida 9,1−9,7 foiz edi).

Daromadlilik darajasi bo‘yicha investitsion jozibadorligi yuqori hisoblangan 1 va 2 xonali xonadonlardan daromad olish imkoniyatlari ham tushib bormoqda. Agar 2024-yil fevral oyida daromadlilik 35,6 foiz va 30,8 foizni, oktabr oyida esa 16,7 foiz va 12,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil yanvar oyida 14,3 foiz va 7,5 foizga tushdi.

Xuddi shu davrda 3 xonali kvartiralarning daromadliligi 33 foizdan 5,5 foizgacha, 4 xonali kvartiralar uchun esa 30,3 foizdan 2,9 foizgacha sezilarli darajada kamaydi. Oktabr oyida ham bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 10,1 foiz va 9,9 foizni tashkil etgan.

Ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish bank omonatlariga qaraganda kamroq foydali bo‘lib qoldi

Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari. Manba: MHTI.Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari. Manba: MHTI.

2024-yilning yarmidan boshlab uy-joyga investitsiyalar daromadliligi jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlardan olinadigan o‘rtacha daromadlilikdan past darajada shakllanib kelmoqda. 2023−2024-yillarda:

Valyuta omonatlari bo‘yicha o‘rtacha stavka taxminan 5 foizni tashkil etdi.

Milliy valyutadagi omonatlar bo‘yicha — 21−22 foiz.

Rivojlanayotgan davlatlarda aholi jamg‘armalarining uy-joyga yo‘naltirilishi qisqa muddatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirishi mumkin. Ammo, uzoq muddatda kapital bozorini rivojlantirish va aholi uchun diversifikatsiyalangan investitsiya imkoniyatlarini taqdim etish muhim. Shu yo‘l bilan aholi jamg‘armalari nafaqat saqlanadi, balki milliy iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiya qilingach, yanada jadal rivojlanish imkonini berad, deb ta’kidlaydi MHTI.