Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga (TXVU) kirgan har bir shaxs o‘z salohiyatini ochish imkoniyatiga ega bo‘ladi. TXVU 2002-yildan beri xalqaro Foundation kursidan (CIFS) boshlab doktorantura darajasigacha bo‘lgan yo‘nalishlarda talabalarni yuqori akademik marralarga erishishga va muvaffaqiyatli karera qurishga ilhomlantirmoqda. Buni yaqqol natijalar tasdiqlaydi: TXVU bitiruvchilarining taxminan 95 foizi o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ilk olti oy ichida nufuzli ish joyiga ega bo‘ladi.
TXVU Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv dasturlarida ta’lim olishni taklif qiladi, jumladan:
Umumta’lim dasturi (CIFS, Undergraduate):
Certificate of International Foundation Studies — Umumta’lim 1-bosqich dasturi.
Bakalavriat dasturlari (Undergraduate):
- BSs in Computer Science — Kompyuter fani (yangi dastur);
- BSc in Economics and its Pathways — Iqtisodiyot va uning yo‘nalishlari (yangi dastur);
- BA in Business Management and its Pathways — Biznes menejment va uning yo‘nalishlari;
- BA in Commercial Law — Tijoriy huquq;
- BSc in Business Information Systems — Biznesda axborot tizimlari;
- BSc in Finance — Moliya.
Magistratura dasturlari (Postgraduate):
- MSc in Applied Economics — Amaliy iqtisodiyot;
- MSc in Business Intelligence and Analytics — Biznesda tahlil va analitika;
- MSc in Research Methods for Social Sciences — Ijtimoiy fanlar uchun tadqiqot metodlari;
- LLM in International Commercial Law — Xalqaro tijoriy huquq;
- MSc in Public Health Science — Jamoat salomatligi fani;
- MA in Human Resource Management and Talent Development — Inson resurslarini boshqarish va iste’dodni rivojlantirish;
- MA in International Business Management — Xalqaro biznes menejment;
- MA in Learning and Teaching — Ta’lim olish va o‘qitish bo‘yicha magistratura.
Hujjat topshirish tartibi
Qabul jarayoni onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi.
Bakalavriatning birinchi kursiga topshirish uchun quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:
- shaxsiy fotosurat;
- ID karta yoki pasport nusxasi (ikkala tomoni);
- o‘rta ta’lim diplomi va baholar transkripti;
- IELTS, TOEFL yoki ekvivalent ingliz tili sertifikati;
- SAT matematika sertifikati yoki TXVU ichki matematika imtihoni natijalari.
Qabul talablari haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havolaga o‘tish mumkin.
Grant dasturi
TXVU O‘zbekiston fuqarolari uchun bakalavriatning birinchi kursiga (CIFS) kirgan talabalarga 100 foiz o‘qish to‘lovini qoplovchi grant dasturini taqdim etadi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda TXVU matematika imtihoni natijalari va IELTS ballari asosida eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar saralanadi. Ikkinchi bosqichda esa tanlangan nomzodlar matematika bo‘yicha yozma testga taklif qilinadi.
Universitet kampusi va talabalar hayoti
TXVU kampusi Toshkentning markaziy hududida joylashgan bo‘lib, uchta asosiy o‘quv binolaridan iborat. Shuningdek, universitet hududida yirik sport majmuasi (Sport Hall) hamda zamonaviy o‘quv-resurs markazi (Learning Resource Centre) mavjud.
TXVUning ajralib turadigan xususiyatlaridan biri bu yorqin talabalar hayotidir. Talabalar turli madaniy tadbirlar, tanlovlar, ijodiy va ijtimoiy to‘garaklarda faol ishtirok etadi, shuningdek, o‘zlarining innovatsion ijtimoiy loyihalarini amalga oshiradi.
Klublar va jamiyatlar talabalar va xodimlarni mamnun qiladi. Jumladan:
- QVZ;
- Drama klubi;
- Warm Heart xayriya jamg‘armasi;
- Volontyorlar maktabi;
- Tashkent International Model United Nations jamiyati;
- Tadqiqotchilar jamiyati;
- TXVU talabalar ittifoqi.
Talent Show, Culture Fair, Fashion Show va Job Fair TXVU va keng jamoatchilikni birlashtirgan yillik ramziy tadbirlarga aylangan.
Shuningdek, TXVUda qulay yashash uchun jihozlangan ikkita yotoqxona mavjud.
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti O‘zbekistondagi ilk xalqaro universitet hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning The University of Westminster tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va uning rasmiy hamkori sifatida TXVU talabalariga London shahridagi Vestminster universitetining xalqaro diplomini olish imkoniyatini taqdim etadi.
2024-yil may oyida TXVU ochiq xalq ovoz berish natijalariga ko‘ra “Ilm-fan va ta’lim. Universitetlar” yo‘nalishida g‘olib deb topilib, “2023-yil brendi” mukofoti bilan taqdirlandi.
2023-yil dekabr oyida esa TXVU “Tadqiqotlarning jamiyatga ta’siri: Ijtimoiy fanlar” yo‘nalishida ilmiy yutuqlari uchun nufuzli Scopus Award — 2023 mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu yuksak e’tirof universitetning yuzlab akademik xodimlarining bilimni rivojlantirish, ilmiy taraqqiyotga ko‘maklashish va jahon ilmiy hamjamiyatiga hissa qo‘shish yo‘lidagi fidokorona mehnati natijasi sifatida erishildi.
Buyik Britaniyadagi Vestminster universiteti 2023-yilgi “Ta’lim sifatini baholash tizimi” (Teaching Excellence Framework TEF) reytingida “Kumush” (Silver) maqomini qo‘lga kiritdi. Universitet umumiy reytingda hamda “Talabalar tajribasi” va “Talabalarning natijadorligi” yo‘nalishlarida Silver darajasiga ega bo‘ldi. Bu esa universitet ta’lim standartlari yuqori sifat darajasida baholanganini anglatadi.
Telefonlar: (+998) 71−238−74−00, (+998) 71−238−74−44.
Sayt: wiut.uz
Facebook: fb.com/wiut.uz
Instagram: @wiutuni
Telegram: t.me/wiut_official_telegram
LinkedIn: linkedin.com/school/wiut-uni-uz
Reklama huquqlari asosida.