“Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan birgalikda 19−25-fevral kunlari O‘zbekistonning 14 ta viloyatida “Biz donormiz!” aksiyasini o‘tkazadi.

“Donor qoni har kuni qiyin ahvolga tushgan insonlar: og‘ir jarohat olgan bemorlar, YTH jabrlanuvchilari, onkologik kasalliklar va boshqa ko‘plab tashxislar tufayli qon quyish zarur bo‘lganlar hayotini saqlab qoladi. Qon zaxiralari muntazam yangilanib turishi kerak, shunda har qanday vaziyatda yordamga muhtojlarga ko‘mak berilishi mumkin”, — deyiladi tashkilot murojaatida.

O‘tgan yili “Biz donormiz!” butun mamlakat bo‘ylab 700 litrdan ortiq qon to‘plash imkonini bergan.

Kimlar donor bo‘lishi mumkin?

Aksiyada 18 yoshga to‘lgan va tibbiy tomondan cheklovlari bo‘lmagan har qanday fuqaro ishtirok eta oladi. Qon topshirishdan oldin shifokorlar tomonidan majburiy tekshiruv o‘tkaziladi, bu esa donorlikning sog‘liq uchun xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.

Kimlarga qon topshirish mumkin emas?

Donorlikka bo‘yicha nisbiy (vaziyatga qarab vaqtinchalik taqiqlar) va mutlaq (donorni doimiy ravishda donorlikdan chetlashtirish) cheklovlar mavjud. Ular bilan Respublika qon quyish markazining saytida tanishish mumkin.

Qon topshirishga qanday tayyorganish kerak?

Qon topshirishdan bir necha kun oldin yog‘li, qovurilgan va achchiq taomlardan saqlanish tavsiya etiladi. Qon topshirishdan kamida 48 soat oldin spirtli ichimliklar ichmaslik kerak. Qon topshirish kuni yaxshi uxlash va yengil nonushta qilish muhim. Jarayondan ikki soat oldin va keyin chekish mumkin emas.

Toshkent shahridagi tadbir 25-fevral kuni soat 9:30 dan 13:00 gacha Furqat ko‘chasi 1/1 uyda joylashgan NNTlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Qon topshirish joylari va sanalari

(xaritadagi joylashuv — giperhavolalar orqali)

Viloyat

Sana

Vaqt

Joy

1.

Andijon viloyati

20-fevral

10:00−13:00

Manzil:
Andijon viloyati qon quyish markazi

2.

Farg‘ona viloyati

19−20-fevral

10:00−13:00

Manzil:

19-fevral

Farg‘ona shahri NNTlar uyida

20-fevral

Farg‘ona viloyati qon quyish markazi

3.

Buxoro viloyati

19−20-fevral

09:00−13:00


Manzil:
Buxoro viloyati qon quyish stansiyasi

4.

Qoraqalpog‘iston

20-fevral

10:00−13:00

Manzil:

Respublika qon quyish markazi (Qoraqalpog‘iston)



5.

Sirdaryo viloyati

20-fevral

09:00−12:00

Manzil:

Sirdaryo viloyati qon quyish markazi

6.

Surxondaryo viloyati

20-fevral

09:00−13:00

Manzil:

Surxondaryo viloyati qon quyish stansiyasi

7.

Namangan viloyati

20-fevral

09:00−14:00

Manzil:

Namangan viloyati qon quyish markazi

8.

Samarqand viloyati

20-fevral

10:00−13:00

Manzillar:

1. Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi

2. Samarqand viloyati Urgut tumani “Ukrach” mahallasi

3. Samarqand viloyati Urgut tumani “Sovgon” mahallasi

4. Samarqand viloyati Urgut tumani “Taroqli” mahallasi

9.

Xorazm viloyati


20-fevral

09:00−13:00

Manzil:

Xorazm viloyat qon quyish markazi

10.

Navoiy viloyati

20-fevral


09:00−13:00

Manzil:

Navoiy viloyati qon quyish stansiyasi

11.

Toshkent viloyati

20-fevral

09:00−13:00

Manzil:

Toshkent viloyati qon quyish stansiyasi

12.

Jizzax viloyati

21-fevral

09:00−13:00

Manzil:

Jizzax viloyati qon quyish markazi

13.

Qashqadaryo viloyati

25-fevral

09:00−16:00

Manzil:

Qashqadaryo viloyati qon quyish markazi

14.

Toshkent shahri

25-fevral

9:30−13:00

Manzil:

NNTlar uyi

“Gazeta.uz” donorlik, uning foydalari va ahamiyatiga oid bir qancha maqolalar tayyorlagan. Ular orqali qanday qilib donor bo‘lish haqida ham ma’lumot olish mumkin.