2024-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy birinchi marta O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi, deyiladi Statistika agentligi ma’lumotlarida.

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 14871 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yil davomida ularning soni 5,8% yoki 818 taga oshgan. Ularning 3965 tasi qo‘shma, 10 906 tasi xorijiy.

Mamlakat
2019-yil bo‘yicha
2020
2021
2022
2023
2024
Rossiya
1828
2093
2309
3156
3044
2937
Xitoy
1652
1799
1927
2141
2337
3357
Turkiya
1271
1576
1882
2204
1883
1826
Qozog‘iston
809
919
1067
1258
1064
1041
Janubiy Koreya
811
888
896
930
736
644
AQSh
161
187
306
354
313
304
Qirg‘iziston
156
183
263
320
279
287
Tojikiston
161
187
229
305
278
314
Ozarbayjon
178
208
227
266
237
263
Germaniya
184
193
201
219
215
210
Turkmaniston
148
162
167
181
182
195
Boshqa
3184
3573
3815
4467
3485
2854

Manba: Statistika agentligi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda — 3357 ta kompaniya, bu 2023-yilga nisbatan 43,6% yoki 1020 taga ko‘p.

Bu yil davomida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy korxonalar soni bo‘yicha rekord o‘sish. Avvalgi yillarda Xitoy O‘zbekistondagi ishtirokini nisbatan sekinroq sur’atlarda kengaytirgan. Xususan, 2020-yilda ularning soni 147 taga ko‘paygan, 2021-yilda — 128 taga, 2022-yilda — 214 taga, 2023-yilda — 196 taga.

Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiya kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 3,5% — 3044 dan 2937 tagacha kamaydi (-107). 2023-yilda ham 112 ta kompaniyaga qisqargandi.

2022-yilda Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqinni boshlab, xorijiy davlatlarning ko‘plab sanksiyalariga duch kelgan vaqtda O‘zbekistondagi ishtirokini keskin kengaytirgandi, natijada Rossiya ishtirokidagi kompaniyalar soni bir yilda 847 taga ko‘paygan (oldingi yillarda 216 taga va 256 taga).

Boshqa mamlakatlarda ham faoliyat yuritayotgan korxonalar sonining qisqarishi kuzatildi: Turkiya — 1826 korxona (-3% yoki -57 korxona), Qozog‘iston — 1041 (-2,2% yoki -23), Janubiy Koreya — 644 (-12,5% yoki -92), AQSh — 304 (-2,9% yoki -9).

жанубий корея, россия, туркия, хитой, xorijiy kapital korxonalarи, қозог'истон, korxonalar демографияси, қозоғистон

Umuman olganda, so‘nggi ikki yilda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 378 taga, Qozog‘istonniki 217 taga, Janubiy Koreyaniki 286 taga, AQShniki 50 taga kamaydi.

MDH mamlakatlarida kompaniyalar sonining biroz o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan, Tojikistondan 314 taga (+12,9%), Ozarbayjondan 263 taga (+11%), Qirg‘izistondan 287 taga (+2,9%) oshdi.

Qolgan mamlakatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 631 taga — 3485 tadan 2854 taga (-18,1%) kamaydi.