Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi qurilish ishlari ketayotgan bino zinapoyasidan yig‘ilgan erkak vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura xabar qildi.

Voqea 2025-yil 17-fevral kuni sodir bo‘lgan. 1974-yilda tug‘ilgan erkak Askiya ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy qurilish ishlari olib borilayotgan binoga kirayotgan vaqtida, zinapoyadan toyib ketib binoning yerto‘la qismiga tushib ketgan va shu joyning o‘zida vafot etgan.

Tekshirish harakatlari boshlangan.

“Burgut” Telegram kanalining yozishicha, holat “Askiya Siti” qurilish maydonida sodir bo‘lgan.