David Kotaria Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U 19-fevral kuni tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Vazir David Kotaria bilan uchrashuvda uni lavozimi bilan tabrikladi va mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi.

“Tashqi ishlar vazirligi janob elchini O‘zbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyordir”, — deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.

Avvalroq Kanada va Ispaniya ham O‘zbekistondagi yangi elchilarini tayinlaganini yozgandik.