Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 19-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirgan AQSh prezidenti Donald Trampga javob qaytardi.
“Agar kimdir meni hoziroq o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u holda hoziroq buning iloji yo‘q”, — dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, AQSh prezidenti Rossiyaning dezinformatsiya pufagida qolib ketganini aytdi, deb ta’kidladi Reuters. Ukraina yetakchisining aytishicha, Trampning uning reytingi bor-yo‘g‘i 4 foiz ekani haqidagi bayonoti Rossiyaning dezinformatsiyasi bo‘lib, uning o‘rnini egallashga bo‘lgan har qanday urinish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
“Biz buni tushunamiz va bizda bu raqamlar Amerika va Rossiya o‘rtasida muhokama qilinayotgani haqida dalillar bor. Ya’ni, prezident Tramp, afsuski, bu dezinformatsiya maydonida yashayapti”, — dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Tramp ma’muriyatini Rossiyaga nisbatan “siyosatni yumshatish”da ayblab, urushni “hududiy yaxlitlikning buzilishi” va “konflikt” deb atadi. Zelenskiyning aytishicha, Ukraina urushni urush deb atash uchun “hamma narsani qilmoqda”, deb yozdi “Suspilne”.
Zelenskiy, shuningdek, matbuot anjumanida AQSh Ukrainaga 67 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va 31,5 milliard dollarlik budjet yordami berganini, Amerikaning 500 milliard dollarlik foydali qazilmalar bo‘yicha talablari “jiddiy suhbat emasligi”ni va u o‘z mamlakatini sota olmasligini aytdi.
Kiyev xalqaro sotsiologiya institutining 19-fevral kuni ma’lum qilishicha, 4−9-fevral kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ukrainaliklarning 37 foizi emas, balki 57 foizi Vladimir Zelenskiyga ishonadi.
- Bir oydan kamroq vaqt o‘tgach, Tramp AQShning Ukraina va Rossiyaga nisbatan siyosatini o‘zgartirdi va Vashingtonning Rossiyani izolyatsiya qilish harakatini Tramp-Putin telefon suhbati va AQSh va Rossiya yuqori martabali amaldorlari o‘rtasidagi muzokaralar bilan yakunladi.
- U 18-fevral kuni Zelenskiyning qo‘llab-quvvatlanish reytingi 4 foiz ekanini bildirgan va uni tanqid qilgandi. Tramp, shuningdek, keng ko‘lamli Rossiya-Ukraina urushi boshlangani uchun javobgarlikni Ukrainaga yuklagan va mamlakatda prezidentligi uchun yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirgandi.