1941−1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 ming AQSh dollaridan beriladi. 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligini nishonlash munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan har bir fuqaroga 25 million so‘mdan, 1941−1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilariga esa 3 million so‘mdan mukofot beriladi.

Urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari tantanali va bayramona ruhda topshiriladi.

Farmondan ko‘zlangan maqsad — Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, “bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan” faxriylarni e’zozlash.