Haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar 8-mart — Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi. Bu Kambag‘allik va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yilgi ish vaqti taqvimida nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksiga muvofiq, bayram sanasi dam olish kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuni shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10-mart, dushanbaga ko‘chiriladi.
Shu tariqa haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi:
- 8-mart, shanba — bayram;
- 9-mart, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
- 10-mart, dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni.
Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat shanba va yakshanba dam olish kuni bo‘ladi, 10-mart, dushanba ish kuni hisoblanadi.