O‘zbekistonda ko‘cha va yo‘llarni to‘g‘ri rejalashtirishni unutib qo‘yishgani allaqachon ma’lum. Biroq, noto‘g‘ri qarorlarning cheksiz takrorlanishi qaror qabul qiluvchi va uni amalga oshiruvchi odamlarning malakasiga shubha uyg‘otadi.
Toshkentda Amir Temur ko‘chasidagi eski, umuman to‘g‘ri chiziqlar olib tashlandi va asossiz keng chiziqlar chizila boshlandi. Jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘lakni hisobga olmaganda, yo‘laklar soni to‘rttadan uchtagacha qisqartirilmoqda. Balki YHXB/YHXXda “yo‘l parhezi” atamasini shunday tushunishar?
Bunday qarorni kim qabul qilgani va ishni kim bajarayotgani noma’lum. Hokimlik, shahar YHXB va O‘zbekiston YHXX yo‘l harakatini tashkil etishdagi muhim o‘zgarishlar haqida aholini kamdan-kam hollarda xabardor qiladi.
Yaqinda yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasidan so‘ng YHXBni “orolchalar” chizig‘ini o‘chirib tashlashga majbur qilgan faollik (garchi bunga yangi chiziq emas, balki tegishli xavfsizlik choralarini ta’minlamagan holda noto‘g‘ri bajarilgan ishlar sabab bo‘lgan bo‘lsa-da) bu “xalqaro tajribaga asoslangan innovatsiya”ni joriy etishga qaratilgan navbatdagi urinish deb o‘ylashga undaydi.
Xalqaro ekspertlar shunday maslahat berishi mumkinligiga katta shubha bor. Har qanday mutaxassis haddan tashqari keng chiziqlar mojaro nuqtalarini keltirib chiqarishini aytadi.
“Gazeta.uz” o‘quvchilardan bu haqda xabar olgandan keyin ko‘chadan o‘tdi. Payshanba kuni ertalab faqat Oloy bozori oldidagi ko‘cha qismidagina chiziqlar chizilgan edi. Biroq, ko‘chaning deyarli butun uzunligi bo‘ylab eski chiziqlar o‘chirib tashlangandi.
Yangi chiziq chizilgan yo‘lakda HAYDOVCHILARNING TARTIBSIZ HARAKATLANISHINI KUZATISH MUMKIN. Buni ko‘rish uchun mutaxassis bo‘lish shart emas. Shu bilan birga, chiziqlar olib tashlangan, ammo izlari qolgan joylarda haydovchilar o‘sha izlar bo‘ylab harakatlanmoqda.
“Gazeta.uz” qayta markirovkalash bilan shug‘ullanayotgan idoralarni vaziyat ortga qaytarib bo‘lmas holatga yetmasidan oldin ZUDLIK BILAN TO‘XTASHGA va soliq to‘lovchilarning mablag‘larini noto‘g‘ri tadbirlarga sarflashni to‘xtatishga chaqiradi.
Biz maslahatlar berishga va barcha uchun xavfsiz ko‘chalarni yaratish bo‘yicha tajribali mutaxassislarni jalb etishga tayyormiz.
Ayol va uning ikki bolasi urib ketilgan piyodalar o‘tish joyida haligacha svetofor ko‘rinmayapti. Ishlarning boshlanishiga hatto ishora ham yo‘q. U yerda hamon piyodalarga yo‘l berilmayapti. Bunga ishonch hosil qilish uchun o‘sha joyni 5 daqiqa kuzatish kifoya.
Svetoforlarni (savodli tarzda!) o‘rnatish birinchi navbatda amalga oshirilishi kerak edi. Bunday munosabat shahardagi haqiqiy ustuvorliklarni ko‘rsatib beradi. Agar hokimiyat chindan ham inson qadr-qimmatini himoya qilmoqchi bo‘lsa, buni amalda namoyish etish vaqti keldi.
Foto
Orollar hamma joyda o‘chirilmagan.
Eski belgi izlari ko‘rinib turgan joylarda haydovchilar to‘g‘ri yurishmoqda.
Piyodalarni o‘tkazishmayotganini ko‘rish mumkin.