Toshkentning Amir Temur ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida, yaqinda ayol ikki nafar farzandi bilan urib yuborilgan hududda svetoforlar o‘rnatila boshlandi. “Gazeta.uz” ertalab shahar hokimiyati va YHXBni bunga da’vat etgandi.

“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin voqea joyida suhbatlashgan YHXB xodimi o‘tish joyidan harakatlanish juda qiyinligini — avtomobillarning kamdan-kam to‘xtashini tasdiqladi.

амир темuр кўчаси, йҳхб, тошкент

O‘zbekiston IIV JXD YHXX Yo‘l infratuzilmasini nazorat qilish bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Baxtiyor G‘ofurovning aytishicha, ishlar kelasi hafta boshigacha yakunlanishi mumkin.

амир темuр кўчаси, йҳхб, тошкент

Vazirlik vakilining ma’lum qilishicha, ko‘chma konsollardagi yangi svetoforlar yo‘l o‘tkazgichning narigi tomonidagi xuddi shunday o‘tish joyida joylashgan svetoforlar bilan bir xil bosqichda ishlaydi.

амир темuр кўчаси, йҳхб, тошкент

Hozirda tayanchlar o‘rnatilib, sement quyilgan. U qotgandan so‘ng transport va piyodalar uchun svetoforlar o‘rnatilib, tarmoqqa ulanadi.

Baxtiyor G‘ofurov tartibga solinmagan o‘tish joylari “og‘riqli mavzu” ekanini tan oldi. Butun respublikadagi yo‘llar uning mas’uliyat doirasiga kiradi va shu paytgacha “yagona umumiy mezon” bo‘lmagani sababli svetoforsiz piyodalar o‘tish joylari ko‘pligicha qolmoqda.

амир темuр кўчаси, йҳхб, тошкент

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda uch kun davomida transport oqimi, uning kechki va ertalabki jadalligi o‘rganib chiqilgan.

Podpolkovnik murojaat bo‘yicha svetoforlarni to‘sib qo‘yishi mumkin bo‘lgan reklama taxtasini darhol olib tashlagan hokimlik ishini alohida ta’kidladi (quyidagi suratda).

амир темuр кўчаси, йҳхб, тошкент

“Orolchalar”: g‘oya to‘g‘ri, ijro noto‘g‘ri

Haydovchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan piyodalar o‘tish joylari va burilish joylari oldidagi “orolchalar” haqida u “g‘oya yaxshi bo‘lganini” aytdi. Bu haqda “Gazeta.uz” ham yozgandi — qaror to‘g‘ri edi, ammo ishlarning ketma-ketligi va yo‘l chiziqlari to‘g‘ri emas edi.

амир темuр кўчаси, йҳхб, тошкент

Yo‘l chiziqlari noto‘g‘ri bo‘lganini Baxtiyor G‘ofurov ham tasdiqladi: ishni “orolchalar”dan boshlamasdan, bir vaqtning o‘zida yo‘l chiziqlarini yangilash kerak edi.

Shu bilan birga, “orolchalar” kesib o‘tishni taqiqlamaydigan sariq chiziq bilan belgilangan, dedi u (quyidagi surat 20-fevralda olingan).

амир темuр кўчаси, йҳхб, тошкент

To‘laqonli chorraha yaratish

YHXX vakili, shuningdek, avtomobillar uzoq masofani aylanib o‘tmasligi uchun yo‘l o‘tkazgich ostidan to‘laqonli chorraha ochish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ko‘pincha haydovchilar burilish uchun hatto ikki qator bo‘lib tizilib turishadi. Bu ushbu kesishmani ancha xavfsiz va mantiqiy qiladi.

Chorrahani qayta tashkil etishning dastlabki rejasi. Bu reja qayta ko‘rib chiqiladi.Chorrahani qayta tashkil etishning dastlabki rejasi. Bu reja qayta ko‘rib chiqiladi.

Baxtiyor G‘ofurov loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi rejalashtirilganini qo‘shimcha qildi.

амир темuр кўчаси, йҳхб, тошкент

Ta’kidlash joizki, bu yerda normal chorraha tashkil etish taklifi (“Chilonzor” metro bekati yonidagi yo‘l o‘tkazgich ostidagi kabi harakat sxemasi bilan) ko‘p yillardan beri bildirib kelinmoqda.

Boshqa xavfli hududlarni unutmaslik kerak

Xuddi shu ko‘chaning Oloy bozori yonidan o‘tuvchi qismidagi xavfli o‘tish joyi ham svetoforga muhtoj. “Gazeta.uz” yo‘l o‘tkazgichga svetoforlar o‘rnatilgandan so‘ng mutaxassislar bu yerga ham e’tibor qaratishiga umid qilmoqda.

Xuddi shu ko‘chada qo‘shimcha chorrahalar (masalan, teleminora yonida) va burilish joylarini (masalan, “Shahriston” metro bekati yonida) ochish ham foydali bo‘lardi. Bu mavjud chorrahalarga bosimni sezilarli darajada yengillashtirib, barcha harakat ishtirokchilari, birinchi navbatda, piyodalar xavfsizligini oshirgan bo‘lardi.