Siyosat

dayjest

Senat diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ma’qulladi

Senatorlar O‘zbekistonda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Mamlakat bilan bu jarayonda texnik yordamni kengaytirishga hamda mutaxassislarning xalqaro savdo sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga kelishildi.


dayjest

Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilariga qo‘shimcha subsidiyalar ajratiladi

Hukumat qarori bilan Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilariga texnika sotib olish va yerlarni tekislash uchun subsidiya beriladi. To‘lovlarni olish uchun arizalarni “Agrosubsidiya” tizimi orqali 2026-yil oxirigacha topshirish mumkin.


dayjest

Nima uchun banklar nomingizdagi kartalar haqida SMS jo‘natmoqda?

So‘nggi kunlarda barcha banklar mijozlariga ularning nomiga ochilgan kartalar haqida SMS-xabarlar jo‘natmoqda. Markaziy bankning tushuntirishicha, xabarlar regulyator ko‘rsatmasiga muvofiq yuborilmoqda. Bundan maqsad fuqarolarni o‘z nomiga ochilgan bank kartalari to‘g‘risida xabardor qilishdan iborat.


dayjest

Omonatdan pul yechishda uning kelib chiqish manbasi talab qilinmaydi — Markaziy bank

MB banklar mijozlaridan omonatdan pul yechishda mablag‘ning manbasini so‘rayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Regulyator amaldagi qonunchilikda bunday talab yo‘qligini ta’kidlab, bu vaziyatda Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat qilishni so‘radi.


dayjest

So‘m beshinchi sessiyadirki dollarga nisbatan mustahkamlanmoqda. Sababi nima?

Markaziy bank belgilagan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket beshinchi savdo kunida ham pasaymoqda. Bu davrda milliy valyuta 0,56% yoki 74 so‘mga mustahkamlandi va yil boshidan beri deyarli butun devalvatsiyani qopladi. Bu nima bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin?


Jamiyat

dayjest

YHXB (YHXX? EMB? hokimiyat?) yana hammasini noto‘g‘ri qilmoqda. Zudlik bilan to‘xtatish kerak

Toshkentdagi Amir Temur shohko‘chasida yo‘l chiziqlari qayta chizila boshlandi. Yo‘l tasmalari sonini kamaytirish hisobiga ularning kengligini oshirishga qaror qilindi. Bu haydovchilarning tartibsiz harakatlanishiga olib kelmoqda. Butun ko‘cha bo‘ylab belgilar chizib bo‘linmaguncha bu ishni to‘xtatish kerak.


dayjest

Amir Temur ko‘chasidagi xavfli o‘tish joyida svetoforlar o‘rnatila boshlandi

“Gazeta.uz” murojaatidan so‘ng Toshkentning Amir Temur ko‘chasidagi tartibga solinmagan o‘tish joyida svetoforlar o‘rnatish boshlandi. Nihoyat, bu hududning xavfsizligini oshirish uchun to‘laqonli chorraha barpo etish ko‘rib chiqilmoqda. YHXB “orolchalar” zarur bo‘lgani, biroq ular noto‘g‘ri belgilanganini tan oldi.


dayjest

Video: Toshkentda avtobus yonib ketdi

Olmazor tumanidagi ko‘chada 31-yo‘nalishdagi avtobuslardan biri yonib ketdi. Toshkent FVBga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.


dayjest

O‘zbekistonliklar 8-mart munosabati bilan necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 8, 9 va 10-mart kunlarida dam oladi. 6 kun ishlaydiganlar esa 10-martda ishga chiqadi.


dayjest

Qurilish maydonida havoga chang ko‘tarilishini bartaraf etmagan shaxslar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda o‘lchami 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etmagan mansabdor shaxslarga jarima solish rejalashtirilmoqda. Senat tegishli qonunni ma’qulladi.


dayjest

Yo‘q, USAID bizni “moliyalashtirishni to‘xtatgani” yo‘q — u hech qachon buni boshlamagan ham

Aziz o‘quvchilar, ayniqsa, USAID “moliyalashtirishni to‘xtatishi” bilan “shamol esgan tomonga og‘ishimizga” amin bo‘lgan ularning bir qismi. Sizni xafa qilishdan juda afsusdamiz, lekin…


dayjest

Toshkentda hududida erkak halok bo‘lgan qurilish noqonuniy olib borilgani aniqlandi

Yakkasaroy tumanidagi Askiya city turar joy qurilishi noqonuniy ravishda olib borilgani ma’lum qilindi. Kuni kecha ushbu qurilish maydonida erkak zinapoyadan yiqilib vafot etgandi.


dayjest

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 9-may munosabati bilan bayram salyuti otiladi

9-may kuni bayram salyuti soat 21:00 da Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil qilinishi reja qilinmoqda.


dayjest

Termizga 100 dona, Olmaliqqa esa 83 dona avtobus olib kelish rejalashtirilmoqda

Termiz va Olmaliq shaharlariga yangi avtobuslar sotib olinadi. Transport vazirligi bu borada Xitoydagi kompaniya bilan muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi.


dayjest

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari Yaponiyadagidek energiya tejashga o‘rgatiladi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilariga energiya sarfi savodxonligi asoslari o‘rgatila boshlanadi. Resurslarni tejashga oid misollar ta’lim dasturlariga kiritiladi. Qolaversa, Yaponiya tajribasi asosida iste’molchilar energiya tejash savodxonligi bo‘yicha o‘qitiladi.


dayjest

Farg‘onada zapravka 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qo‘qon shahrida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

AQSh Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni Kosta-Rikaga deportatsiya qilmoqda

Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilingan 200 nafar Hindiston va Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilishga rozi bo‘ldi. U yerda ularni o‘z yurtlariga jo‘natishadi. Kosta-Rikaga birinchi reys 20-fevralda keladi.


dayjest

Andijonda bosqinchilik sodir etgan shaxs oradan 11 yil o‘tib qo‘lga olindi

Shahrixon tumanida 2014-yilda birovning uyiga miltiq bilan kirib, bosqinchilik qilgan shaxs 2025-yilda qo‘lga olindi. Hozirda uning sherigi ham qidirilmoqda, deyiladi IIV xabarida.


dayjest

Senat fuqarolarga kredit olishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish huquqi berilishi haqidagi qonunni ma’qulladi

O‘zbekistonda fuqarolarga kredit olishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish huquqi berilishi kutilmoqda. Shu orqali kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri joriy etiladi. Reyestrda bo‘lgan shaxslarga kredit ajratish taqiqlanadi. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


dayjest

2024-yilda sudyalar faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2024-yilda sud ishlari va sudyalar faoliyatiga aralashuvlar bo‘yicha 3 holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 2 ta holat o‘rganilmoqda. “Sudyalarga nafaqat ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdid qilinyapti, balki davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkazish holatlari ham uchramoqda”, — dedi Sudyalar oliy kengashi vakili.


Sport

dayjest

O‘zbekistonlik shaxmatchilar birinchi Freestyle Chess Grand Slam Tour turnirida qancha daromad topdi?

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha birinchi Freestyle Chess turnirida birgalikda 100 000 dollar daromad qildi.


Jahon

dayjest

Tramp tahdidlari fonida Kanadaning siyosiy kun tartibi o‘zgarib ketdi — Reuters

Trampning Kanadaga qilayotgan hududiy va tarif tahdidlari fonida Kanadadagi bo‘lajak saylovda konservatorlarning taxminiy g‘alabasi so‘roq ostida qoldi. Tryudo va u kiritgan uglerod solig‘iga e’tiroz tufayli konservatorlar liberallardan 18 oy davomida ustun bo‘lib kelayotgandi, lekin endi vaziyat o‘zgardi.


dayjest

Armaniston bosh vaziri yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazishga chaqirdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan umumxalq referendumi orqali konstitutsiyani o‘zgartirishga chaqirdi. Bu mamlakatning azaliy raqibi bo‘lmish Ozarbayjon talab qilgan qadamdir. Ozarbayjonga ko‘ra, Armanistonning hozirgi konstitutsiyasi uning hududiga nisbatan bilvosita da’vo qiladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!