20-fevral kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘chada 31-yo‘nalishdagi avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Soat 07:41 da Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Mercedes LF avtobusi yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 07:45 da yetib borgan va yong‘in soat 07:50 da o‘chirilgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q, deyiladi xabarda.