9-may — Xotira va qadrlash kuni soat 21:00 da Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik o‘tkazilishi reja qilinmoqda. Bu prezidentning 19-fevraldagi qarorida nazarda tutilgan.

Bayram salyutini tashkil qilish bilan Mudofaa vazirligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda shug‘ullanadi.

Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mushakbozlik tashkil etiladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi.

Hujjat bilan, shuningdek, ko‘chalar va maydonlar Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazmali targ‘ibot va tashviqot vositalari bilan bezatiladi.