Siyosat

dayjest

“Ko‘pchilik USAID yordamidan foydalanayotganini o‘zi ham bilmaydi”. Intervyu

AQSh rahbariyatining USAIDʼni tarqatib yuborishga doir chaqirig‘i agentlik haqida dezinformatsiya oqimini keltirib chiqardi. Tramp ritorikasini O‘zbekiston rasmiylari ham takrorlamoqda. USAID loyihalari va unga qo‘yilgan ayblovlar haqida “Gazeta.uz” agentlikning sobiq rahbar xodimi bilan suhbatlashdi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putin telefon orqali ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha suhbatlashib, xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi.


dayjest

Prezident mudofaa sanoatiga xususiy sektorni kengroq jalb etish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev harbiy texnikalarning yangi modellari va mudofaa sanoatidagi loyihalar bilan tanishdi. Prezident buyurtma asosida sohaga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


dayjest

O‘zbekiston TIV rahbari va AQSh davlat kotibi telefon orqali suhbatlashdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio telefon orqali ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, biznes sheriklik o‘rnatish va savdo hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 12 balldan ko‘proq jarima to‘plagan haydovchilar transportni boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum etilishi belgilanmoqda. Shuningdek, avtomobilni mast holda boshqargan va tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladi.


dayjest

YHXX va hokimlik harakatsizligi tufayli Amir Temur ko‘chasida yana odam urib ketildi

Biroz oldin Toshkentning Amir Temur ko‘chasidagi yaqinda ikki bolali ayol urib yuborilgan piyodalar o‘tish joyida yana bir kishi urib ketildi. YHXX va shahar hokimligi svetofor o‘rnatishni kechiktirishda davom etmoqda, o‘zini nimadir qilayotganday tutadigan YHXB esa jim.


dayjest

O‘zbekistonda sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilma va dronlar hamda ularga qarshi kurash bo‘yicha yangi bo‘linmalar tuziladi

O‘zbekiston qo‘shinlarida dronlar va ularga qarshi kurashish, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.


dayjest

O‘zbekiston xalq artisti Nafisa To‘xtayeva vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini “Oltin fond"ga muhrlagan.


dayjest

Dushanbadan haroratning keskin pasayishi kutilmoqda

24−27-fevral kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari -9 darajagacha, kunduz kunlari 0 darajagacha pasayadi.


dayjest

O‘zbekiston TIV AQShdan boshqa davlatga deportatsiya qilingan fuqarolari haqida ma’lumot so‘radi

O‘zbekiston o‘z fuqarolarining vatanga xavfsiz deportatsiyasini ta’minlash uchun AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda, dedi TIV matbuot kotibi. Vazirlik Amerika tomoniga Kosta Rika va Panamaga yuborilayotgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot so‘rab murojaat qildi.


dayjest

Dam olish kunlari havo juda iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+8 daraja, kunduzi +22 darajagacha ko‘tariladi. Biroq yakshanba kechasi ayrim hududlarda havo −1…−6 darajagacha soviy boshlaydi.


dayjest

Endi farzandini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb etgan ota-onalar javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonda endi farzandini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb etgan ota-onalar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.


dayjest

Huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantiradigan” tarzda buzib tarqatishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi

O‘zbekistonda huquq-tartibot xodimlarining xizmat vazifasi paytida olingan foto-videolarini ularni “obro‘sizlantiradigan” tarzda buzib tarqatishga javobgarlik belgilandi. Bunday huquqbuzarlik BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab bo‘ladi.


dayjest

Toshkent viloyatida qariyb 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida issiqxona mas’ullari bir martalik tamg‘a o‘rnatilgan zulfin va hisoblagichni olib tashlash yo‘li bilan 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi.


dayjest

Farg‘onada poyezd yo‘liga chiqqan Nexia-3`ni urib ketdi

Farg‘ona viloyatidagi “Oxunboboyev” va “Marg‘ilon” bekatlari oralig‘ida Nexia-3 haydovchisi poyezdni ilon izi usulida aylanib o‘tishga urindi. Oqibatda mashina poyezd tagida qoldi. Haydovchi shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Air Samarkand kompaniyasining Toshkentdan Jiddaga uchayotgan reysi yo‘lovchisida takroriy infarkt sodir bo‘ldi. Shu bois havo kemasi Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.


dayjest

Andijonda gaz “zapravka"dagi portlash oqibatida 2 kishi jarohatlandi

Shahrixon tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 kishi jarohatlandi va shifoxonaga yotqizildi. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.


dayjest

IIV Mubashshir Ahmadga qidiruv e’lon qilingani xaqidagi axborotni joylashda texnik xatoga yo‘l qo‘yilganini bildirdi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244−2-moddasi bilan emas, balki 244−3-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. “Qidiruv e’lon qilingani xaqidagi axborotni joylash jarayonida texnik xatoga yo‘l qo‘yilgan”, — deydi IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.


dayjest

Toshkent viloyatida piyoda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Bo‘ka tumanidagi magistral yo‘lda o‘tirgan piyodani yuk mashinasi urib ketdi. U YTH oqibatida halok bo‘lgan. Gumondor haydovchi qo‘lga olinib, ehtiyot chorasi sifatida qamalgan.


dayjest

Komil Allamjonov atrofidagi fuqarolarni hibsga olish to‘g‘risidagi sud qarori bekor qilindi

Oliy sud Komil Allamjonov atrofidagi yetti nafar fuqaroni (qo‘riqchi, haydovchi va boshqalar) hibsga olish to‘g‘risidagi sud qarorlarini bekor qildi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarlik faktini tasdiqlovchi dalillarni to‘plash choralari ko‘rilmaganligi sababli IIVga taqdimnoma kiritildi.


dayjest

Bojxona qo‘mitasi telefonlarni deklaratsiyalash tufayli aeroportda yuzaga kelgan navbatlarga izoh berdi

Tarmoqlarda Toshkent aeroportida mobil qurilmalarni UzIMEI`dan o‘tkazish sababli paydo bo‘lgan navbatlar muhokamaga sabab bo‘ldi. Bojxona qo‘mitasi tez orada onlayn deklaratsiyalash ishga tushishi va infokiosklar o‘rnatilishini bildirdi, telefonlarni aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy emasligini eslatdi.


dayjest

O‘zbekiston faxriy donorlari jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar shahar jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Nishon bilan taqdirlangan shaxslarga beriladigan mukofot summasi ham oshiriladi.


dayjest

Elektr va issiqlik energiyasi yetkazib beruvchilar da’vo qo‘zg‘atishda davlat boji to‘lashdan ozod etildi

O‘zbekistonda elektr va issiqlik energiyasi yetkazib beruvchilar qarzdorlik bo‘yicha da’vo arizasi topshirishda boj to‘lashdan ozod etildi. Bu qarzlarni undirish jarayonini soddalashtirishi va iste’molchilarning moliyaviy intizomini yaxshilashi kutilmoqda.


Sport

dayjest

Chempionlar ligasi nimchorak finali: “Liverpul” “PSJ” bilan, “Real” “Atletiko” bilan o‘ynaydi

Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichi uchun qur’a tashlandi. “Liverpul” chorak final yo‘llanmasi uchun “PSJ” bilan o‘ynaydi. “Real” esa keyingi bosqichga o‘tish uchun Madridning boshqa jamoasi — “Atletiko” bilan bahslashadi.


Jahon

dayjest

Qirg‘iziston va Tojikiston umumiy chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bishkekda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida umumiy chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatlarni endi ikki mamlakat rahbarlari imzolashi kerak. Hududda ilgari mahalliy aholi, shuningdek, chegarachilar o‘rtasida bir necha bor qonli to‘qnashuvlar kelib chiqqan.


dayjest

Avstraliyada bolalar ijtimoiy tarmoqlarga oid yosh taqiqini osonlikcha chetlab o‘ta oladi — hisobot

Hisobotlar Avstraliyada bolalar ijtimoiy tarmoqlarni ishlatishda o‘rnatiladigan minimal yosh chegarasi (16 yosh)ni osongina chetlab o‘tishlari mumkinligini ko‘rsatmoqda. Yosh chegarasiga oid qonun 2025-yil oxiridan kuchga kirishi kerak. 2024-yilda 8−12 yoshgacha bo‘lganlarning 80 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan.


dayjest

Rossiya va AQSh bir necha oydan beri Shveysariyada urush mavzusini maxfiy muhokama qilmoqda — Reuters

Rossiya va AQSh vakillari so‘nggi oylarda Shveysariyada urush mavzusida norasmiy va yashirincha uchrashib turibdi, deb yozdi Reuters. Biroq ko‘p tafsilotlar: aynan nima muhokama qilingani, ularda ukrainaliklar bor-yo‘qligi, muzokaralar qachon boshlangani noma’lum. Uchrashuvlar “ikkinchi trek” sifatida tavsiflanmoqda.


dayjest

AQSh va Ukraina foydali qazilmalar bo‘yicha yangi bitim loyihasini muhokama qilmoqda — Axios

Tramp ma’muriyati Vladimir Zelenskiy dastlabki variantni rad etganidan keyin Ukrainaga foydali qazilmalar bo‘yicha yangilangan kelishuv loyihasini taqdim etdi. Yangi versiyada Kiyevning shartnoma xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga olishi kerakligi haqidagi xavotirlari inobatga olingan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!