Yaap Ora Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deb xabar berdi undan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Uning Telegram kanalida yozishicha, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qilgan. Iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

TIV vaziri elchiga O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tiladi.

Bundan tashqari, transport vaziri Ilhom Mahkamov ham Yaap Ora bilan uchrashdi va transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

тив, элчи, эстония, яап ора

Xususan, Estoniya portlari va omborxonalaridan foydalangan holda yuk tashish hajmini oshirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.